7 mart keçki vaqt Meksika janubidagi Çyapas ştatida Markaziy Amerikadan muhojirlarni olib ketayotgan yuk maşinasi ağdarilib ketişi oqibatida 25 kişi halok bölgan.

Ştat boş prokuraturasida ma'lum qilinişiça, avtohalokat Fransisko-Sarabiya aholi punktidan 5 km uzoqlikda yuz bergan. Yöl-transport hodisasida yana 30 kişi jarohat olgan. 

Ayni vaqtda tergov olib borilmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga köra, davlat raqami bölmagan yuk maşinasining haydovçisi boşqaruvni qöldan çiqargandan keyin maşina ağdarilib, jarlikka tuşib ketgan.