Avvalroq, ayrim Telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda boş prokuror Otabek Murodov lavozimini tark etgani hamda uning örnini içki işlar vaziri Pölat Bobojonov egallagani haqida ma'lumot paydo böldi.
Şu bilan birga, Boş prokuratura matbuot xizmati öşandayoq boş prokuror Otabek Murodov mahkamadagi öz işini davom ettirayotgani töğrisida ma'lum qildi.
Bundan taşqari, ÖzA xabariga köra, Nukus şahrida joriy yil sentabr oyida öz faoliyatini boşlaşi kutilayotgan Prezident maktabining quriliş işlari boşlandi. Muassasaga tamal toşi qöyilişi munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari mas'ullari, jamoatçilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etgan.
Uşbu ta'lim muassasasining asosiy maqsadi hududlarda iqtidorli yoşlarni aniqlaş va ularning har tomonlama yanada yuksalişi uçun zarur şaroitlar yaratişdir. Eng qobiliyatli öquvçilar tanlab olinadigan bu maktabda yoşlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar ilğor ta'lim uslublari asosida çuqur örgatiladi.
Prezident maktabi qurilişi boşlanişiga bağişlangan tadbirda Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari O.Ramatov, Özbekiston Respublikasi boş prokurori O.Murodov iştirok etgan.
Bugun, 11 mart kuni, Boş prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov hozirda mamlakat rahbariyati topşiriği bilan Navoiy viloyatida bölib turgani haqida xabar berdi. U viloyatga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan kelgan.











