Prezident Şavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va sohada prokuror nazorati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi. Unda Boş prokuratura tomonidan işga tuşirilgan “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi haqida axborot berildi.

Yiğilişda qayd qilinişiça, yaşirin iqtisodiyot uluşi hali ham yuqoriligiça qolmoqda. Statistik baholaşlarga köra, joriy yilning birinçi çoragida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qişloq xöjaligida 81,1 trillion sömni, savdo va xizmat körsatiş sohasida 24,5 trillion sömni, qurilişda 23,9 trillion sömni, sanoatda esa 6,7 trillion sömni taşkil qilmoqda. Mamlakatda 2030 yilgaça yaşirin iqtisodiyot hajmini ikki barobar qisqartiriş, rasmiy band aholi sonini 14 million nafarga, naqdsiz tölovlar uluşini 75 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Taqdimotda Boş prokuratura tomonidan yaratilgan va sinov tariqasida işga tuşirilgan “Yaşirin iqtisodiyot xaritasi” platformasining imkoniyatlari haqida axborot berildi.

Ta’kidlanişiça, platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmoği, 85 ta soha, 14 ta ma’muriy hudud va 208 ta tuman-şahar kesimida yaşirin aylanmalar xavfini aniqlaş va mas’ullar tomonidan ularning bartaraf etilişini nazorat qiliş orqali budjet daromadlarini oşiriş hamda soğlom raqobatni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Platformani işlab çiqişda soliq, bojxona, moliya, iqtisodiyot, statistika, ekonometrika va ehtimollar nazariyasi yönalişlari böyiça bir qator malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzdan ortiq xavf mezonlari işlab çiqilgan hamda ularga hudud va tarmoqlarning öziga xos xususiyatlari, soliq rejimi, tovar aylanmasi, budjet uçun ahamiyati va boşqa omillarni inobatga olgan holda individual koeffitsiyentlar belgilangan. Soha va hududlar kesimida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yöqotişlarini aniqlaş maqsadida platformaga 16 ta mas’ul vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilingan va barça ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta işlaş imkoniyati yaratilgan.

Platforma tahlillari asosida yaşirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yöqotişi miqdoridan kelib çiqib, soha va hududlar avtomatik tarzda “yaşil”, “sariq” hamda “qizil” toifalarga ajratiladi. Mazkur platforma orqali litsenziyasiz faoliyat yuritiş, haqiqiy aylanma, iş örinlari va mehnatga haq tölaş jamğarmasini yaşiriş, rentabellik va foydani kamaytiriş kabi xavflar avtomatik aniqlanadi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlaridan foydalangan holda sohada prokuror nazoratini raqamlaştiriş orqali uni yangi bosqiçga olib çiqiş taklif etildi.