Las-Vegasda davom etayotgan oğir atletika böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida özbekistonlik 14 yoşli oğir atletikaçi Nigora Abdullayeva -49 kg vazn toifasida mutlaq jahon çempioni böldi. 

MOQ matbuot xizmati xabariga köra, Nigora Abdullayeva dast kötariş maşqida 75 kg, siltab kötariş maşqida esa 90 kg, ikki kuraş böyiça 165 kilogramm natija qayd etgan.

«Hali özbek oğir atletikasi tarixida bunaqasi bölmagan. Ötgan yili poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoşlar örtasidagi musobaqa ham şunday quvonçli onlarni taqdim qilgandi. Öşanda Kumuşxon Fayzullayeva -63 kg vazn toifasida iştirok etib, dast kötarişda bronza (94 kg), siltab kötariş (120 kg) va ikki kuraş böyiça (214 kg) oltin medallarni qölga kiritgan. Öşanda Kumuşxon oğir atletikada qizlarimiz orasida birinçi bor jahon çempionligini qölga kiritgan sportçiga aylangan edi. Keyingi kun bahslarida Dolera Davronova dast kötarişda beşinçi natijani qayd etganiga qaramasdan siltab kötarişdagi ajoyib körsatkiçi evaziga ikki kuraş böyiça ğalabani ilib ketgan. Keça Nigoraxon bu borada mutlaq sözini ham qöşdirib qöydi», deyiladi xabarda.