Oğir atletika böyiça Norvegiyada ötkazilgan jahon çempionatining ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va mamlakat oğir atletika federatsiyasi rahbariyati iştirok etdi.

Dunyo birinçiligida 3 ta oltin medalni qölga kiritib, -110 kg vazn toifasida mutlaq çempionlikka erişgan Akbar Jörayev tegişli hukumat qarori asosida prezident sovğasi – BYD avtomobili hamda 15 ming dollar bilan taqdirlandi.
Şuningdek, mazkur yönalişda 2 ta bronza medaliga sazovor bölgan Ruslan Nurudinov 3750 dollar mukofot oldi.

Sportçilarning murabbiylariga ham pul mukofoti topşirildi.












