«Lokomotiv» boş murabbiyi Andrey Fyodorov OÇL doirasida «Ar-Rayyan»ga qarşi safar öyinidagi mağlubiyatga (1:2) quyidagiça izoh berdi.

«Ar-Rayyan»ni ğalaba bilan tabriklaşni istayman. Öyin biz uçun juda oson boşlandi va tezkor gol ura oldik. Afsuski, birinçi bölimda yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Himoyadagi ikkita qöpol xato sababli gol ötkazib yubordik. Keyin esa raqibning ziç himoyasini yorib ötişimiz qiyin böldi va yakunda yutqazdik. Bugungi mağlubiyatimizga özimiz sababçimiz. Jamoa yomon öynagani yöq, ammo gol ura olmadik.

Yangi murabbiy 3-4 kun içida jamoa öyinini özgartirib yubora olmaydi. «Ar-Rayyan»ning öyinida heç qanday syurpriz körganim yöq, ular deyarli heç narsani özgartirişmagan. Birgina özgariş – asosiy tarkibda bir-ikki nafar yangi futbolçi tuşdi. Balki şuning uçun ham öyinni ança oson boşlagandirmiz, bunday bölişiga tayyor edik.

Öyinçi almaştirişda şoşilganimiz yöq, çunki biz yaxşi öynayotgandik, deb hisoblayman. Töp nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, ammo faqatgina gol ura olmadik. Öyin oxirroğida esa raqib darvozasi oldida bosimni kuçaytiriş uçun hujumçini maydonga tuşirdik.

Töğri, bu taşqaridan qaraganda ham sezilibdi – tezkor goldan keyin jamoa xotirjamlikka berildi. Ammo baribir ikkinçi bölimda aynan öşa qat'iyat bilan maydonga çiqdik. Himoyadagi xatolarimiz öyin taqdirini hal etdi», – degan Fyodorovning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.