Xalq ta'limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan Toşkent şahri, Yakkasaroy tumanidagi 73-maktabida öquv jarayonining taşkil etilişi holati örganildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, ta'lim maskanini örganiş jarayonida quyidagi kamçiliklar aniqlangan:

Ta'lim-tarbiya jarayonining taşkil etilişi: maktabning 2018-2019 öquv yiliga möljallangan öquv rejasi va soatlar taqsimoti pedagogik kengaşda körib çiqilmagan, dars jadvali tuzişda fanlarning murakkablik darajasi inobatga olinmasdan, öquvçilar tomonidan özlaştirilişi qiyin bölgan fanlar dars jadvaliga 5-6-soatlarga qöyilgan.

Maktab monitoring işçi guruhi tomonidan öqituvçilar faoliyati tahlil qilinmagan hamda monitoring daftari yuritilmagan.

Metodik kengaş yiğma jildlari, bayonnoma daftari yuritilmagan. Şuningdek, metod birlaşmalar tomonidan öqituvçilarning ilğor iş tajribalari ommalaştirilmagan. Fan oyliklarini ötkaziş böyiça jadvallar tuzilmagan.

2018-2019 öquv yilida kadrlarning malaka oşirişi istiqbol rejasiga amal qilinmagan, öqituvçilar öz muddatida malaka oşirişga yuborilmagan.

Öqituvçilarning kundalik dars konspektlari yillik taqvim-mavzu rejasi asosida yozilmagan. Öqituvçilar tomonidan qoldirilgan va qoplangan darslarni qayd etiş daftari talab darajasida yuritilmagan.

Sinf jurnallarida esa dars mavzulari öz vaqtida yozilmagan, davomat aniqlanmagan hamda öquvçilar öz vaqtida baholanmagan, jurnallarning yuritilişi maktab ma'muriyati tomonidan tekşirilmagan.

Şahodatnomalarni hisobga oliş daftari mas'ul xodimlar tomonidan imzolanmagan. Pedagog xodimlar attestatsiyasi örnatilgan talab böyiça taşkil etilmagan, attestatsiya komissiyasi hamda ekspert guruhi bayonnomalari bilan öqituvçilar taniştirilmagan, malaka toifasi sertifikatlarini qayd etiş va tarqatiş daftari yuritilmagan.

Şuningdek, maktab rahbarlarining dars tahlillari daftarlari sahifalanmagan va rahbar tomonidan tasdiqlanmaganligi aniqlangan.

Bundan taşqari, xalq ta'limi vazirining “Xalq ta'limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlaş töğrisida”gi buyruğiga asosan maktabning içki buyruği işlab çiqilmagan.

Pedkengaş daftari tuman xalq ta'limi bölimi mudiri tomonidan imzolanmagan, muhrlanmagan.

Öquvçilarni kasbga yönaltiriş böyiça yillik iş reja işlab çiqilmagan, 9-, 10-, 11-sinf öquvçilari örtasida kasb tanlaş böyiça sörovnomalar ötkazilmagan.

Maktab kutubxonaçisi tomonidan 2019 yil 1 yanvar holatiga köra darsliklar ijarasi hisoboti va 2018-2019 öquv yili uçun darsliklarni qabul qiliş buyruği rasmiylaştirilmagan. Mavjud adabiyotlar kartotekasi yuritilmagan.

Moddiy texnik holati: maktabning 2018-2019 öquv yiliga va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi yuzaki amalga oşirilgan. Jumladan, muassasaning elektr tizimi yangi öquv yiliga yaroqliligi holati tekşirilmagan, yonğin xavfsizligi dalolatnomasi tuzilmagan. Yonğindan xabar beruvçi moslamalar esa umuman işlamaydi. Maktab hovlisi, bino içi, yölaklar, sport zal hamda majlislar zali yonğin öçiriş moslamalari bilan töliq ta'minlanmagan.

Umumta'lim muassasaning isitiş tizimi yaxşi işlamasligi, isitiş quvurlarining qoplamalari yirtilib, usti oçilib qolganligi bois issiqlik energiyasi köp miqdorda sarflanişi holatlari mavjudligi aniqlangan. Sanuzel talabga javob bermay qolganligi, hojatxona kanalizatsiyasi yaxşi işlamasligi sabab,yuqori qavatlardan pastki qavatlarga suv oqadi.

Oşxona SanPiN norma talablariga umuman javob bermaydi. Ta'lim muassasasi direktori tomonidan böş turgan bino inşootlari ijaraga berilgan bölsa-da, ijaraçilar bilan kommunal tölovlar uçun şartnoma tuzilmagan. Şu boisdan ham oxirgi tölov 2017 yilda amalga oşirilgan.

Maktab rahbari öz vakolati doirasidan çiqib, yuqori taşkilotlardan ruxsat olmasdan 24 mln. sömlik asosiy vositalarni özboşimçalik bilan hisobdan çiqargan.

Bulardan taşqari, maktab direktori tomonidan maktab öqituvçilarining oylik iş haqidan, mukofot pullaridan ma'lum bir qismi naqd şaklida olib qolinayotganligi holati ham aniqlangan.

Joriy yilning 22 fevralida mazkur muassasa Toşkent şahar xalq ta'limi Boş boşqarmasi tomonidan kompleks örganilgan, ammo nomiga va yuzaki ma'lumotnoma tuziş bilan çeklanilgan.

Uşbu tekşiriş natijasi xalq ta'limi vaziri Ş.Şermatov iştirokida 73-maktabda muhokama etildi. Yöl qöyilgan kamçiliklar böyiça maktab direktori hamda uning 2 nafar örinbosari lavozimidan ozod etildi. Şuningdek, Toşkent şahar xalq ta'limi Boş boşqarmasi metodisti mazkur maktabni tekşirişga mas'uliyatsizlik bilan bilan yondaşgani uçun “Hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

Ayni paytda mazkur maktabda vazirlikning audit xizmati tomonidan moliyaviy-xöjalik faoliyati tekşirilmoqda.

Toşkent şahar xalq ta'limi Boş boşqarmasi va tuman xalq ta'limi bölimi rahbarlariga bunday holatlardan xulosa çiqarib boşqa bu kabi maktablardagi holatni yaxşilaş çoralarini köriş vazifalari topşirildi.

Bundan oldin, Yunusoboddagi maktab sport zalining kiyim almaştiriş xonalarida kuzatuv kameralari örnatilgani aniqlangandi.