12 martdan 14 martga qadar Moskva şahridagi "Ekspomarkaz"da ötayotgan MITT-2019 yirik xalqaro turistik körgazmasida Özbekiston yagona milliy stendi ham namoyiş etilmoqda, deya xabar beradi uzbekistan.travel.
Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, "Özbekiston havo yöllari" MAK va mamlakatning yetti turistik taşkiloti vakillari örin olgan.
MITT-2019 doirasida MITT Digital va Travel Trends konferensiyalari, Market Shocks yalpi muhokamalari, "Turizm oilaviy biznes sifatida" tok-şousi va köplab boşqa tadbirlar ötkaziladi.
Joriy yilda körgazma işida 230 mamlakat vakillari iştirok etişmoqda. MITT – turizm böyiça ham MDH, ham xorijiy mamlakatlardagi eng yirik hodisa.












