10-noyabr, seşanba kuni Abu-Dabida bölib ötgan Ukraina, Rossiya va AQŞ örtasidagi muzokaralarning birinçi kunida Kiev va Moskva vakillari harbiy asirlarni «1000 ga 1000» yoki «1500 ga 1500» formulasi asosida almaştiriş masalasini muhokama qildi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, Amerika delegatsiyasi mazkur masala bilan Rossiyaga yöl oladi.
«Ikkinçi masala hududlarga taalluqli böldi. Uni Rossiya tomoni kötardi. Bu davlat rahbarlari darajasida hal qilinadigan masala va muzokaraçilarimizda bunday vakolat bor», - dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Yevropa mamlakatlari vakillarining muzokaralarda iştirok etişi ham katta ahamiyatga ega bölganini taʼkidladi.
Yevropa davlatlari vakillari NATO delegatlari singari Abu-Dabida bölgan, biroq bevosita muzokaralar stoli atrofida ötirmagan.
«Biz Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Ukrainaning yagona pozitsiyaga ega bölişini istaymiz», - deya Zelenskiyning sözlarini keltiradi dpa agentligi.
Ukraina prezidenti bu yönalişdagi işlar davom etayotganini qöşimça qildi.
Zelenskiy: Putin boşqa voqelikda yaşayapti
Zelenskiy muzokaralarda iştirok etayotgan Ukraina delegatsiyasining hisobotiga tayanib, Rossiya tomoni jang maydonidagi haqiqiy vaziyat haqida notöğri tasavvurga ega ekanini maʼlum qildi.
«Rossiyaliklar biz amalda nazorat qilayotgan Donbass hududining yarmini özlari egallab olgan, deb öylaşyapti. Ular bu haqda haqiqatan ham gapirişdi. Rossiya delegatsiyasi tarkibida harbiylar va razvedka vakillari ham bor edi. Ular bu masalani öta jiddiy tarzda muhokama qilişdi», - deya Zelenskiyning sözlarini keltiradi Ukraina matbuoti.
Ukraina prezidentining taʼkidlaşiça, Vladimir Putinga jang maydonidagi vaziyat haqida haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar yetkazilmoqda.
«Putin boşqaça axborot muhitida yaşayapti. Bu - buzib körsatilgan voqelik. Albatta, u amerikaliklarga ham şu maʼlumotlarni yetkazmoqda: “Menga bir, ikki yoki uç oy kerak, şunda biz Ukrainaning şarqiy qismini töliq egallaymiz. Men sizlarga bu manzarani ham tasvirlab bera olaman - hudud töliq okkupatsiya qilinadi”. Ammo bu yolğon. Bu haqiqatga töğri kelmaydi», - deya taʼkidladi Zelenskiy.













