Eʼlon qilingan renderga qaraganda, meʼmoriy konsepsiya «Jenga» stol öyiniga xos körinişni saqlab qolgan: minora bir-biriga nisbatan siljitib joylaştirilgan qismlardan taşkil topadi. Ular orasida oçiq terrasalar böladi.
Loyihada umumiy maydoni 225,4 ming kvadrat metr bölgan elit turarjoy majmuasini quriş közda tutilgan. Binoda yer ustida 95 ta, yer ostida esa beşta qavat bölişi rejalaştirilgan. Unda 1018 ta xonadon joylaşadi. Xonadonlarning taxminan uçdan bir qismi şaxsiy terrasaga ega böladi.
Aholi uçun rivojlangan infratuzilma ham közda tutilgan: basseyn va spa hududiga ega premium fitnes-klub, yopiq klub hududlari hamda yuqori qavatlarda panoramali manzaralar oçiladigan restoranlar barpo etiladi.
Turarjoy majmuasidan boğ va savdo galereyalari bölgan jamoat sayr hududiga bevosita çiqiş mumkin böladi. U hudud aholisi uçun yangi jozibador maskanga aylanişi közda tutilgan.
Osmonöpar bino qurilişiga ruxsatni Mosgosstroynadzor oktabr oyining örtalarida bergan. Tayyorgarlik bosqiçi allaqaçon boşlangan: hozir quriliş maydonida poydevor qoziqlari sinovdan ötkazilmoqda. Loyiha amalga oşirilgaç, u Yevropaning eng baland turarjoy binosi böladi.
Hozir Yevropaning eng baland binosi Sankt-Peterburgdagi «Laxta Sentr» hisoblanadi - uning balandligi 462 metrga yetadi. Şu bilan birga, Rossiya Glavgosekspertizasi avgust oyida «Laxta Sentr – 2» loyiha hujjatlari böyiça ijobiy xulosa bergan. Majmuaning ikkinçi minorasi balandligi 703 metr bölişi rejalaştirilgan.













