AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi 1995 yilda kiritilgan sanksiyalarning amal qilişi muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
Vaşingtonning fikriça, Eron hukumatining siyosati va xatti-harakatlari AQŞ milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va xalqaro siyosatga hamon xavf soladi.
Tramp 2018 yil 8 may kuni AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qilgandi. Bu kelişuvga köra, Eron moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalar töxtatilişi evaziga yadroviy faoliyatini çeklaşi kerak bölgan. Sanksiyalar avtomobil tarmoği, sanoat korxonalari uçun kompyuter dasturlari savdosi, tabiiy qazilmalar va metallar savdosi hamda neft tarmoğini qamrab olgan.
AQŞ kelişuvdan çiqqaç Tehronga qarşi sanksiyalarni tiklagan. Joriy yanvar va fevralda esa AQŞ Eronga qarşi sanksiyalarni navbatdagi marta kengaytirgan.












