Barça amerikalik diplomatlar Venesuelani 72 soat içida tark etişi kerak. Bu haqda Venesuela taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasa tvitterda yozdi.

Uning aytişiça, 11 mart kuni mamlakat taşqi işlar vazirligi AQŞning Venesueladagi vakilini çaqirtirib, rasmiy Karakasning uşbu qaroridan xabardor qilgan.

Arreasaning yozişiça, hukumat Vaşington bilan qiziqişlar seksiyalarini taşkil etiş böyiça muzokaralarni töxtatişga qaror qildi.

Vazirning ta'kidlaşiça, Karakas AQŞ bilan “teng huquqlik va özaro hurmat”ga asoslangan muloqot olib borişga tayyor.

Avvalroq AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Karakasdan qolgan barça diplomatlar çaqirtirib olinişini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, ularning Venesuelada qolişi AQŞ siyosati uçun töxtatib turuvçi omil hisoblanadi. 

Vaşington va Karakas örtasidagi munosabatlar yanvar oxirida keskinlaşdi. Amerikalik diplomatlarning katta qismi Venesuelani 24 yanvarda tark etgan.