Yil yakuniga qadar köp qavatli uy-joylarda eskirgan liftlar yangilanadi, deya xabar beradi Toşkent şahar hokimligi Matbuot xizmati.
Aholining turmuş darajasini yaxşilaş, ularga yanada qulayliklar yaratiş davlat siyosati darajasidadir. Toşkent şahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy obektlaridagi mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda. Xususan, joriy yilda köp qavatli uy-joylarga zamonaviy liftlarni örnatiş işlari amalga oşiriladi, deyiladi manbada.
Lift uskunalarini işlab çiqaruvçi taşkilot tomonidan köp qavatli uy-joy fondiga lift uskunalarini tarmoq jadvali asosida belgilangan muddatlarda yetkazib beriş, bu işlarni moliyalaştiriş uçun Toşkent şahar mahalliy budjetidan 23 884,4 million söm miqdorida mablağ ajratilişi rejalaştirilgan.
Ma'lumot uçun, joriy yilning sentabr oyiga qadar Toşkent şahridagi 132 ta eskirgan lift “Taşaffus” korxonasi tomonidan işlab çiqarilayotgan yangi zamonaviy liftlarga almaştiriladi.
Mazkur işlarni amalga oşiriş 1 aprel kunidan boşlanişi közda tutilgan.












