Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat taşqi siyosatida 2018 yilda erişilgan asosiy yutuqlar haqida sözlab berdi. Jeenbekov bunga Qirğiziston diplomatik missiyalari rahbarlari bilan yiğilişda töxtalib ötdi.

Qirğiziston yetakçisining ta'kidlaşiça, 2018 yilda qöşni davlatlar bilan özaro munosabatlarni mustahkamlaş böyiça sermaşaqqat iş olib borildi.     

“Biz yaqin qöşnilarimiz – Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlikni mustahkamladik. Men barça qöşni davlatlarga taşrif buyurdim. Qozoğiston prezidenti bilan çegara, savdo va boşqa sohalardagi masalalarni hal qildik. Hozirda Qozoğiston bilan suvdan foydalaniş, veterinariya va fitosanitar nazorat sohasidagi masalalar muhokama qilinmoqda”, deb aytgan Jeenbekov.

Uning aytişiça, Özbekiston, Turkmaniston va Tojikiston prezidentlari bilan özaro işonçli munosabatlar yölga qöyilgan. 

“Asosiy vazifamiz Özbekiston va Tojikiston bilan davlat çegarasini delimitatsiyalaş jarayonini yakunlaş hisoblanadi. Turkmanistonning yonilği-energetika va investitsiya sohalaridagi imkoniyatlaridan foydalaniş biz uçun muhim ahamiyatga ega”, deb ta'kidlab ötgan Qirğiziston rahbari.