Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukrainada siyosiy ambitsiyalarga ega emasligini, biroq uşbu davlatni “buyuk davlat”ga aylantirmoqçiligini aytdi.
Saakaşvili avvalroq 1 aprelda Ukrainaga qaytmoqçiligini, çunki mamlakat rahbari Pyotr Poroşenko 31 martda ötadigan prezident saylovlarining 2-turiga öta olmasligini, demakki unga Ukrainaga kirişga boşqa heç kim tösqinlik qilmasligini aytgan.
Biroq ukrainalik çegaraçilar bunga javoban Saakaşvilini Ukrainaga qöymasliklarini aytişgan. Oliy radaning birinçi vitse-spikeri Irina Geraşçenko Saakaşvilining Ukrainaga qaytişi tartibsizliklar va alğov-dalğovlik bilan xavf solişi mumkinligini aytgan.
“Menda Ukrainada heç qanday siyosiy ambitsiyalar yöq”, deb aytgan Saakaşvili Ukrainaning “1+1” telekanalidagi dastur efirida.
Gruziyalik sobiq siyosatçining aytişiça, u Ukrainaga “xalqqa yordam beriş uçun” qaytmoqçi. “Men şunçaki Ukraina buyuk davlat bölişini istayman”, deb qöşimça qilgan Saakaşvili.
Ukraina hukumati 2018 yil fevralda Saakaşvilini Polşaga çiqartirib yuborgan. Şundan keyin Ukraina çegara xizmati unga mamlakatga 2021 yilgaça kirişni taqiqlab qöygan.












