Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev nomidan yuritilayotgan Facebook ijtimoiy tarmoğidagi soxta akkaunt oçiş uçun Buyuk Britaniyaning London şahrida röyxatdan ötgan telefon raqami işlatilgan. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar tarqatdi.
«Özbekiston Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayev nomidan Facebook ijtimoiy tarmoğida yaratilgan soxta akkauntlarni örganiş davomida, ularni qayd etiş uçun Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda röyxatga olingan telefon raqamlari körsatilgani aniqlandi. Şu munosabat bilan, DSQ rahbariyati Facebook'ka murojaat qilib, ularning obro‘ va işçanligiga putur yetkazayotgan soxta akkauntlarni yopişni söradi», — deyiladi xabarda.
Qömita xabariga köra, Facebook ijtimoiy tarmoğida qömita rahbari nomidan soxta akkaunt faol ravişda turli izoh va postlar qoldirmoqda. Aslida Musayev tarmoqda röyxatdan ötmagani bildirilgan.












