– Avvalo, AI Soliq platformasi nima maqsadda yaratilgan? U qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

- AI Soliq – Soliq qömitasi tomonidan işlab çiqilgan, sun’iy intellekt asosida işlovçi portal. Soliq qömitasida juda katta hajmdagi ma’lumotlar mavjud. Avvallari soliq tölovçi hisobotlar, imtiyozlar, reyting yoki boşqa ma’lumotlarni oliş uçun turli axborot tizimlaridan foydalanişga majbur edi. AI Soliq esa uşbu xizmatlarni yagona platformaga jamlaydi va sun’iy intellekt asosida tavsiya hamda tahlillarni taqdim etadi.

2026-08-12 15.59.00

Hozir platformada töqqizta xizmat mavjud, yana ikkitasi işlab çiqilmoqda. Masalan, AI Korxona korxonani kompleks tahlil qiladi va tavsiyalar beradi. AI EHF xavf toifasiga tuşgan elektron hisob-fakturalar böyiça tavsiyalar beradi. AI Reyting barqarorlik reytingi natijalarini tahlil qilib, uni yaxşilaş böyiça amaliy tavsiyalar beradi. AI Avtokameral avtokameral nazoratda aniqlangan tafovutlar böyiça tavsiyalar taqdim etadi. Bundan taşqari, AI Imtiyoz va AI Hisobot xizmatlari ham mavjud.

- Tadbirkorlar barqarorlik reytingida nega ball yöqotganini har doim ham tuşuna olmaydi. AI Reyting orqali bunga batafsil javob oliş mumkin böladimi?

- AI Reyting korxonaning reyting natijalarini, olgan ballarini va ularni yaxşilaş yöllarini batafsil körsatadi. Foydalanuvçi har bir mezon böyiça olgan ballari va yöqotişlarini köra oladi. Istalgan mezonni tanlasa, çatbot aynan öşa mezon böyiça tahlil qilib, nima sababdan ball yöqotilganini tuşuntiradi.

Screen Şot 2026-08-12 at 15.54.41

Bundan taşqari, foydalanuvçi ovozli yoki yozma şaklda savol berişi mumkin. Masalan, -aksimal ball oliş uçun nimalarga e’tibor beriş kerakligi böyiça ham tavsiyalar oladi.

- Platforma faqat Soliq qömitasi bazasi bilan işlaydimi yoki boşqa idoralar ma’lumotlari ham integratsiya qilinganmi?

- Platforma asosan Soliq qömitasi ma’lumotlar bazasidan foydalanadi. Ammo Soliq qömitasining özi 70 dan ortiq vazirlik va idora bilan integratsiya qilingan. Şu sababli ular bilan almaşinilayotgan ma’lumotlardan ham foydalaniladi.

- Hozirça platforma asosan biznes uçun möljallangandek. Undan qanday foydalaniş mumkin? Mobil ilova ham böladimi?

- Platformaga kiriş juda oddiy. Foydalanuvçilar ai.soliq.uz sayti orqali elektron raqamli imzo bilan tizimga kirişlari mumkin. Yuridik şaxslar, jismoniy şaxslar va özini özi band qilgan fuqarolar undan foydalaniş imkoniyatiga ega.

Hozirça alohida mobil ilova yöq. Kelgusida Soliq mobil ilovasiga integratsiya qilinadi. Hozirça kompyuter yoki mobil telefon brauzeri orqali foydalaniş mumkin.

- Platformani yaratişga qança mablağ sarflandi?

- Uşbu platformani işlab çiqiş uçun qöşimça mablağ sarflanmagan. Uni Soliq qömitasining öz mutaxassislari işlab çiqqan. Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi, Soliq ma’lumotlarini qayta işlaş markazi hamda sun’iy intellekt laboratoriyasi mutaxassislari loyiha ustida işlagan.

 – Ma’lumotlar qançalik himoyalangan? Masalan, ular ChatGPT yoki boşqa xorijiy sun’iy intellekt modellariga yuborilmaydimi?

- Platformada sun’iy intellektning turli texnologiyalari qöllaniladi. Ammo asosiy til modeli Soliq qömitasining öz serverlarida joylaşgan.

Ma’lumotlar ChatGPT yoki Claude kabi taşqi modellarga bormaydi. Töğri, ulardan open-source olganmiz va özimizda fine-tuning qilib, özimizning serverlarga joylaganmiz. Modelni özbek tili va soliqqa oid ma’lumotlar bilan öqitdik. Axborot xavfsizligi töliq ta’minlanadi, hamma ma’lumotlar özimizning yopiq perimetrda saqlanadi.

2026-08-12 15.59.06

- Oddiy tadbirkor ertadan boşlab Soliq AIdan foydalansa, uning işida nima özgaradi? Bir jumlada aytsangiz.

- Eng katta farq şundaki, kerakli ma’lumotlarni turli tizimlardan qidirişga vaqt ketmaydi. Barça xizmatlar bitta platformada jamlangan. Çatbot orqali savollariga javob oladi, normativ-huquqiy hujjatlarni alohida izlaşga ehtiyoj kamayadi.

Masalan, barqarorlik reytingi yoki avtokameral tizim böyiça call-markazga qönğiroq qiliş örniga, javobni çatbotdan olişi mumkin.

- Sun’iy intellekt tavsiyalariga qançalik işoniş mumkin? Agar SI tavsiyasiga amal qilib xatoga yöl qöyilsa, javobgarlik kimda böladi?

- Platforma Soliq qömitasining öz ma’lumotlar bazasiga tayangan holda işlaydi va tavsiyalar 95–99 foiz aniqlikda şakllantiriladi. Şunga qaramay, SI tavsiyalari maslahat xarakteriga ega. Asosiy huquqiy mezon har doim Soliq kodeksi va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar bölib qoladi.

- Demak, bu buxgalter yoki soliq maslahatçisi örnini egallamaydi?

- Şunday. Soliq hisobotlari uçun javobgarlik baribir buxgalter yoki boşqa mas’ul şaxs zimmasida qoladi. Sun’iy intellekt esa ularga yordam beruvçi vosita, xolos.

- AI Imtiyoz xizmati ilgari foydalanilmagan soliq imtiyozlarini ham tavsiya qiladimi?

- Ha. AI Imtiyoz korxona foydalanayotgan imtiyozlarni ham, faoliyat yönalişidan kelib çiqib foydalanişi mumkin bölgan imtiyozlarni ham körsatadi.

Şuningdek, qaysi şartlar bajarilsa, uşbu imtiyozdan foydalaniş mumkinligi, qanday hujjatlar topşirilişi kerakligi haqida ham ma’lumot beradi. Foydalanuvçi çatbot orqali qöşimça savollarini ham berişi mumkin.

- Biznesni eng köp qiynaydigan masalalardan biri – soliq tekşiruvlari. Bu borada platforma qanday yordam beradi?

- Hozirça AI Avtokameral xizmati tekşiruvdan oldingi tahlillar böyiça işlaydi. Unda qaysi mezonlar böyiça tafovut aniqlangani, bu tafovutlarning sababi va ularni bartaraf etiş yöllari körsatiladi.

Soliq tölovçi şu tavsiyalar asosida kamçiliklarini oldindan tuzatişi mumkin.

- Kelgusida boşqa turdagi soliq tekşiruvlari bilan boğliq funksiyalar ham qöşiladimi?

- Sayyor soliq tekşiruvi yoki soliq auditi tartibi özgarmaydi. Ammo içki tahlillarda sun’iy intellekt va maşinaviy öqitiş modellaridan foydalanamiz.

Aniqlangan xavflar keyinçalik AI Korxona xizmatidagi “Kamçilik va tavsiyalar” bölimida aks ettiriladi. Bu tekşiruv boşlanadi degani emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega ogohlantiriş böladi.

- AI Keshbek xizmati qanday işlaydi?

- Bu xizmat jismoniy şaxslar uçun möljallangan. Foydalanuvçi elektron raqamli imzo orqali tizimga kiradi. Agar röyxatdan ötkazilgan çek böyiça keshbek hisoblanmagan bölsa, AI buning sababini tuşuntirib beradi. Qaysi normativ hujjat asosida rad etilgani, qaysi band qöllangani haqida ham yozma yoki ovozli tarzda ma’lumot oliş mumkin.

Bu yerda faqat muammoli çeklar körsatiladi. Tasdiqlangan çeklar aks ettirilmaydi.

- Yana qanday yangi funksiyalar rejalaştirilgan?

- Yaqin oylarda AI Yordamchi xizmatini işga tuşirişni rejalaştiryapmiz. U ham jismoniy şaxslar, ham tadbirkorlar uçun umumiy çatbot sifatida işlaydi.

Foydalanuvçi oddiy tilda savol beradi, tizim esa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda javob qaytaradi. Masalan, mol-mulk, QQS, yer, suv va boşqa barça soliq turlari böyiça hisob-kitoblar yoki tuşuntirişlarni bera oladi.

- Uşbu xizmat qaçon işga tuşiriladi?

- Rejaga köra, avgust oyi oxirigaça platformaga qöşiladi. Sentyabr boşidan foydalanuvçilar undan foydalanişlari mumkin.