“Koreya işi” figuranti sifatida xalqaro qidiruvga berilgan Aziz Toştemirov Migratsiya agentligining rahbari Behzod Musayevga nisbatan yana bir jiddiy da’voni ilgari surdi.
Toştemirovning iddao qilişiça, Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan va ötgan yilda foydalanişga topşirilgan Consti mehmonxonasiga Musayevning oila a’zolari egalik qiladi.
“90 mln dollardan kamida 4–5 mln dollar qismi mana bu yerda emasmi? Toşkentning qoq markazida, “Rossiya” mehmonxonasining şundoq ortida joylaşgan Consti Hotel nomli yap-yangi mehmonxona bor. Uşbu mehmonxonaning bugungi kunda bozordagi tannarxi kamida 3–4 million dollar turadi. Uning egalari esa Migratsiya agentligi direktori Musayev Behzod Anvaroviçning xotini, öğli va qizi hisoblanadi», - deb yozdi Toştemirov “Koreya 24” telegram kanalida.
Da’volar qançalik asosli?
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestridagi ma’lumotlarga köra, Consti Hotel oilaviy korxonasi 2025-yil 12-fevralda röyxatdan ötkazilgan. Ustav fondi - 5 mln söm. faoliyat turi - Mehmonxonalar va şunga öxşaş yaşaş joylari.
Korxonaning ta’sisçilari sifatida Karimova Munisaxon Behzod qizi (50 foiz) va Musayev Abdulbositxon Behzod öğli (50 foiz) keltirilgan. Rahbar sifatida Musayeva Dildora Faridonovna körsatilgan.

Toştemirovning yuqoridagi da’volariga hozirça Behzod Musayevning özi munosabat bildirgani yöq. Migratsiya agentligi matbuot xizmati esa Kun.uz’ga bu da’volar bevosita agentlik faoliyatiga aloqador emasligini bildirdi.
Ma’lumot uçun, Behzod Musayev 2022-yil dekabrdan 2024-yilning sentyabrigaça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri bölgan.
2024-yilning sentyabrida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari etib tayingandi. Şu yilning oktyabr oyida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, uning örnida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taşkil etilgandi. Musayev tugatilgan agentlik rahbari lavozimidan yangi taşkil etilgan taşkilot rahbarligiga ötkazilgandi.
Qonunçilikda çeklov bormi?












