2019 yil yanvar-fevral oyida eksport hajmi 3,03 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 20,4%) teng böldi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar qilmoqda.

Eksport tarkibida tovarlar 86,6% uluşga ega bölib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0%), töqimaçilik va töqimaçilik buyumlari (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2%), şuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6%) guruhlari hissasiga töğri kelmoqda.

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 1,80 mlrd dollarni taşkil etib, 45,3%ga ösdi. 

Tovar va xizmatlar eksporti dinamikasi tahliliga köra, 2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida eksport qilingan tovarlar hajmi, ötgan yilning mos davriga nisbatan 500,9 mln dollarga köp eksport qilindi va 2,62 mlrd dollarni taşkil etdi. Xizmatlar eksporti esa 407,3 mln dollarga yetgan. 

Eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hissasiga töğri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 29,1%ini taşkil qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar taşlansa, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini köriş mumkin. 

Xizmatlar eksporti hajmi 407,3 mln dollarni yoki jami eksport hajmining 13,4%ini taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,3%ga ösganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy uluşi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari hamda moliyaviy xizmatlar hissasiga töğri keladi. 

2019 yilning yanvar-fevral oyida jami 175,3 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 86,4 mln dollarga eksport qilindi (ösiş sur'ati - 87,3%). Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 2019 yilning yanvar-fevral oyida 135,4 ming tonna sabzavotlar 44,6 mln dollarga yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 71,8 ming tonnaga köp miqdorda eksport qilingan. 

Bundan oldin, Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi ma'lum qilingandi.