AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça muovini Devid Xeyl ma'lum qilişiça, Vaşington Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Hamidulla Mohib bilan boşqa işlamaydi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, bu qaror Mohib AQŞ tomonidan asosiy muzokaraçi Zalmay Halilzodni oçiqçasiga tanqid ostiga olgani bilan boğliq.
Qayd etilişiça, Mohib Halilzodni toliblarni qonuniylaştirganlik va Afğoniston hukumatini «qonuniylik maqom»dan mahrum qilganlikda ayblagan.
Şu bilan birga, Xeyl Afğoniston yetakçisi Aşraf Ğanini AQŞning bu boradagi tegişli qarori töğrisida xabardor qilgan.
Bundan oldin, Abdulaziz Komilovning «Tolibon» harakati rahbariyati bilan uçraşuvi böyiça qöşimça ma'lumot berilgandi.












