Ayollar jamoalari örtasida Ispaniya çempionatining “Atletiko” (Madrid) – “Barselona” uçraşuvida maydonga taşrif buyuriş rekordi örnatildi. Uçraşuv Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida ötib, 0:2 hisobida mehmon jamoa foydasiga yakunlangan. Öyinga 60739 kişi taşrif buyurgan. Bu körsatkiç ayollar klublari futboli uçun rekord natija böldi. 

“Barselona” uşbu ğalabadan keyin musobaqa peşqadami “Atletiko”dan oçkolar farqini 3 oçkogaça qisqartirdi. Çempionat tugaşiga yana 6 ta öyin qolgan.

Umuman olganda ayollar futboli uçun taşrif buyuriş rekordi 1999 yilgi jahon çempionati finalida örnatilgan. Öşanda Los-Anjyelesda AQŞ va Xitoy terma jamoalari örtasida ötgan final uçraşuvi 90185 tomoşabinni töplagan.