Respublika Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari G. Marufova va Oliy sud raisi örinbosari X. Yodgorov  Zangiota tumanida joylaşgan jazoni ijro etiş muassalarida jazo muddatini ötayotgan mahkuma ayollar bilan oçiq muloqot ötkazişdi. Muloqot jarayonida mahkuma ayollar bilan samimiy suhbat qurildi, ularning muammolari tinglandi, 15 nafar jazo ötayotgan ayolning arizasi qabul qilindi.  

Mahkuma ayollarga yurtimizda ayollar uçun yaratilgan imtiyozlar va şart-şaroitlar haqida atrofliça tuşuntiriş berildi.

19 mart kuni esa, Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati hamda jinoyat işlari böyiça Zangiota tumani sudining ayollar jazoni ijro etiş muassasasi va manzil-koloniyada sayyor sud majlislari bölib ötdi. 

5 nafar jazo ötayotgan ayolning işi Oliy sud tomonidan nazorat tartibida körib çiqilib, ularning sodir etgan qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, ahloqan tuzaliş yöliga ötganligi hamda jazoning asosiy qismini ötaganligi hisobga olinib, jazodan ozod qilindi.

5 nafar ayol Jinoyat işlari böyiça Zangiota tuman sudi tomonidan jazoni ijro etiş muassasasidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.

Şuningdek, ahloq tuzatiş işi jazosini ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştiriş haqidagi sud qarorlari bekor qilinib, 2 nafar ayol oilasi bağriga qaytarildi.

Bundan taşqari, manzil-koloniyada jazo ötayotgan 5 nafar ayol jazodan ozod qilindi. 

Umuman aytganda, Navröz bayrami yurtimizga kirib kelayotgan pallada 17 nafar ayol uşbu qutluğ ayyomni oilasi bağrida kutib oliş baxtiga muyassar böldi. Yana 22 nafar ayol jazoni ijro etiş muassasasidan manzil-koloniyaga ötkazildi.