Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari tasdiqlanishi mumkin.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash
MIQDORLARI
Oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur muassasalarda tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari:

*) ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
**) oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 25 foizga ko‘paytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilashga haqli.
***) ushbu bandda belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari:


















