Özbekiston Mudofaa vazirligi xabariga köra, maşğulotlarga uç mamlakat mudofaa vazirliklari harbiy xizmatçilari, jangovar texnika, harbiy-dengiz kuçlari va aviatsiya, şuningdek, uçuvçisiz uçiş apparatlari jalb etilgan.
Maşğulotlarning asosiy maqsadi qöşma operatsiyalarga tayyorgarlik darajasini oşiriş, qöşinlar örtasidagi hamkorlikni takomillaştiriş va öquv-maşğulot tartiblarini birxillaştirişdan iborat. Şuningdek, bölinmalarning jangovar qobiliyatini rivojlantiriş közda tutilgan.
Masʼul rahbarlar bunday qöşma maşğulotlar turli yönalişlarda ilğor tajriba almaşiş, zamonaviy yondaşuv va usullarni özaro örganiş hamda harbiy bölinmalar örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirişda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.
Qayd etilişiça, hamkorlikdagi tayyorgarlik iştirokçilar oldiga qöyilgan vazifalarni yuqori darajada bajariş va bölinmalar örtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Uç bosqiçli maşğulotlar Ozarboyjon armiyasining uçta poligonida ötkaziladi. Bular - Qoraboğ iqtisodiy rayonidagi «Qizilqoya», Naxiçevan Muxtor Respublikasidagi «Qoraboğlar» hamda Kaspiy dengizining Ozarboyjon sektoridagi «Buyuk Zira» poligonlaridir.








