Sanjarbek Raşidov: Rossiya TIV sözçisi Mariya Zaxarova Polşada Patriot raketalarini işlab çiqariş va uni Ukrainaga yetkazib beriş haqidagi savolga javoban: “Yana bir bor eslatib ötmoqçiman, Yevropa mamlakatlaridagi Ukraina uçun qurol işlab çiqariş zavodlari Rossiya uçun potensial harbiy nişonlar sanaladi”, deya taʼkidladi.

Davlatlar bir-biriga bemalol qurol-yaroğ sotsa böladi, bu har bir davlatning özining işi. Lekin Rossiyaning pozitsiyasiga köra, bevosita Ukraina fronti uçun maxsus qurollar işlab çiqariş, buning uçun mutaxassislar tayyorlaş, logistik zanjirni yaratiş va şu kabi çuqur taʼminot uzviyligi bilan boğlaniş – öşa davlatni mojaroning bevosita iştirokçisiga aylantiradi.

Nima uçun Rossiya bunga oğriqli reaksiya bildiryapti? Çunki Ukrainaning yevropalik hamkorlar bilan çuqur harbiy-sanoat kooperatsiyasiga kirişişi – uruşning çözilişiga olib keladi. Ukrainani holsizlantirib, taslim qilişga umid qilayotgan Rossiya esa Ukrainaga yangi qon kirişiga toqat qilolmaydi.

Şuhrat Rasul: Ukraina – jahon qurol-yaroğ bozorida öz örniga ega davlat. Uzoq yillardan beri dunyodagi yetakçi qurol eksportçilari öntaligiga yaqinlaşib keladi. Sovet Ittifoqidan qolgan harbiy-sanoat bazasi mavjud va uruş davrida bu salohiyat yanada kuçaydi. Bugun esa Ukraina harbiy sanoatiga, xususan, Yaqin Şarq davlatlarining qiziqişi ortmoqda. Zelenskiyning özi ham bu yönalişda qator taşriflarni amalga oşirdi.

Agar Ukraina hududiga xorijiy harbiy zavodlar köçirilsa yoki qöşma işlab çiqariş yölga qöyilsa, masala faqat qurol-yaroğ xavfsizligi yoki işlab çiqariş standartlarida emas. Asosiy masala şundaki, vaqt ötişi bilan Ukraina bu texnologiyalarni özlaştirib, qurollarni mustaqil ravişda işlab çiqarişi va ularni xalqaro bozorda sotişi mumkin.

Dunyodagi yirik harbiy-sanoat kompaniyalarining aksariyati, xususan, Yevropa va AQŞdagi köplab işlab çiqaruvçilar xususiy biznes asosida faoliyat yuritadi. Masalan, Lockheed Martin yoki Boeing kompaniyasining mudofaa yönalişi davlat korxonalari emas, balki xususiy kompaniyalardir. Şu sababli qurol-yaroğ işlab çiqariş va eksporti masalasida hukumatlarning siyosiy qarorlari bilan kompaniyalarning tijoriy manfaatlari har doim ham töliq bir-biriga mos kelavermaydi.

Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.