NASA maʼlumotiga köra, X-59 samolyoti 22, 24 va 25-sentabr kunlari ikki martadan havoga kötarilgan. Şu tariqa, bir haftadagi parvozlar soni avvalgi rekorddan ikkitaga oşgan.
Uşbu seriyadan keyin samolyotning jami sinov parvozlari soni 38 taga yetgan.
Jadal sinovlar X-59'ning parvoz imkoniyatlarini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş dasturi doirasida ötkazilmoqda. Mutaxassislar samolyotning turli tezlik, balandlik va manyovrlarda özini qanday tutişini tekşirmoqda. Sinov şaroitlari apparat kelgusida işlaşi közda tutilgan rejimlarga yaqinlaştirilmoqda.
Parvozlardan birida X-59 Max 1,53 - soatiga taxminan 1 625 kilometr tezlikka erişgan. Bu samolyotning hozirgaça qayd etilgan eng yuqori tezligidir. Natija uning odatiy parvozlari uçun möljallangan Max 1,4 kreyserlik tezligidan ham yuqori.
X-59 NASA'ning Quesst missiyasi doirasida sinovdan ötkazilmoqda. Loyihaning maqsadi - tovuşdan tez uçişda hosil böladigan kuçli zarb tovuşini ança yumşoq tovuşga aylantiriş texnologiyasini namoyiş etiş.
Keyingi bosqiçlarda samolyotning aholi yaşaydigan hududlar ustidan parvozlariga odamlar qanday munosabat bildirişi örganiladi. Töplangan maʼlumotlar quruqlik ustidagi tijoriy tovuşdan tez parvozlarga oid şovqin meyorlarini belgilaşda foydalaniş uçun taqdim etiladi.
Sinovlarga boy haftadan söng X-59 rejali texnik xizmatga yuborilgan. Bu jarayon taxminan uç hafta davom etişi kutilmoqda.
Texnik xizmat yakunlangaç, mutaxassislar samolyot tizimlarini navbatdagi tekşiruvdan ötkazadi. Şundan keyin jamoa parvozlarni tiklaş va jadal sinov dasturini davom ettirişni rejalaştirgan.

















