Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Özbekiston Respublikasi milliy valutasidagi hisobvaraqlarini yuritiş tartibi va Tijorat banklari tomonidan çet el valutasidagi hisobvaraqlarni yuritiş tartibiga tuzatişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Birinçidan, endi uyuşgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olişni (sotişni) amalga oşiruvçi norezident yuridik şaxslarga ham milliy va çet el valutasidagi hisobvaraqlar oçilişi mumkin. Ularga, tegişinça, bunday savdolardan tuşgan mablağlar ötkaziladi.
Ikkinçidan, doimiy muassasa taşkil etgan norezident yuridik şaxslarga Özbekistondagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boşqa daromadlarini özlarining milliy va çet el valutasidagi hisobvaraqlariga ötkazişga ruxsat berildi.
Doimiy muassasa orqali Özbekistonda faoliyatni amalga oşiradigan norezidentlarning çet el valutasidagi mablağlari mamlakat taşqarisidagi hisobvaraqlarga ötkazilişi mumkin. Boşqaça aytganda, foydani repatriatsiya qilişga ruxsat berildi.
Hujjatlar 25.03.2019 yildan kuçga kirdi.












