Visual Capitalist tomonidan Jahon banki ma’lumotlari asosida tayyorlangan infografika 1995 va 2025-yillardagi mamlakatlarning milliy daromad darajasi böyiça taqsimotini taqqoslaydi. Unda sönggi uç ön yillikda global iqtisodiy xaritaning sezilarli darajada özgargani aks etgan.
Jahon banki mamlakatlarni aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi milliy daromad (YaMD) asosida tört toifaga ajratadi. 2025-yil uçun past daromadli mamlakatlar qatoriga aholi jon boşiga yiliga 1 175 dollargaça daromad töğri keladigan davlatlar kiritilgan. Örtadan past daromadli mamlakatlar uçun bu körsatkiç 1 176–4 635 dollar, örtadan yuqori daromadli mamlakatlar uçun 4 636–14 375 dollar, yuqori daromadli mamlakatlar uçun esa 14 375 dollardan yuqori etib belgilangan.

Taqqoslaş uçun, 1995-yilda mazkur çegaralar ança past bölgan. Öşanda past daromadli mamlakatlar çegarasi 725 dollargaça, örtadan past daromadlilar 726–2 895 dollar, örtadan yuqori daromadlilar 2 896–8 955 dollar, yuqori daromadli mamlakatlar esa aholi jon boşiga 8 955 dollardan yuqori daromadga ega davlatlar sifatida tasniflangan.
Tahlilga köra, eng katta özgarişlardan biri Şarqiy Yevropada kuzatilgan. Bozor islohotlari, Yevropa Ittifoqiga integratsiya, xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş natijasida mintaqadagi köplab davlatlar yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga kötarilgan.
Eng yirik iqtisodiy ösiş esa Osiyoda qayd etilgan. Sönggi 30 yil davomida qit’adagi 30 ta davlat Jahon banki tasnifida kamida bir poğona yuqoriga kötarilgan. Bu jarayonga eksportga yönaltirilgan iqtisodiy siyosat, sanoat işlab çiqarişining jadal rivojlanişi va yuqori texnologiyali tarmoqlarning ösişi turtki bölgan. Şu bilan birga, Osiyo mamlakatlari örtasidagi farovonlik darajasida hali ham katta tafovut saqlanib qolmoqda.
Eng yorqin misollardan biri Janubiy Amerikadagi Gayana böldi. Mamlakat 30 yil içida past daromadli davlatlar toifasidan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga çiqişga muvaffaq böldi.
Mutaxassislar buning asosiy sababi sifatida dengiz hududidagi yirik neft konlarining özlaştirilişini körsatmoqda. Yangi neft zaxiralarining işga tuşirilişi işlab çiqariş hajmini, eksport tuşumlarini va davlat byudjyeti daromadlarini keskin oşirgan.
Natijada Gayana sönggi yillarda dunyodagi eng tez ösuvçi iqtisodiyotlardan biriga aylanib, aholi daromadlari böyiça jahon statistikasida eng katta sakraşlardan birini namoyon etdi.












