Jahon banki har yili mamlakatlarni aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi milliy daromad (GNI) asosida qayta tasniflaydi. Bu körsatkiç mamlakatlarning iqtisodiy rivojlaniş darajasini baholaşda qöllanadi va har yili daromad çegaralari yangilanib boradi.
Joriy tasnifga köra, mamlakatlar tört guruhga bölingan:
past daromadli - aholi jon boşiga yillik yalpi milliy daromad 1 175 AQŞ dollarigaça;
örtadan past daromadli - 1 176 dollardan 4 635 dollargaça;
örtadan yuqori daromadli - 4 636 dollardan 14 375 dollargaça;
yuqori daromadli - 14 375 dollardan yuqori.
Infografikada dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanişining juda notekis ekani yaqqol körinadi. Ğarbiy va Markaziy Afrikadagi köplab davlatlar past daromadli mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Şuningdek, Yaman, Suriya, Afğoniston va Şimoliy Koreya ham uşbu guruhdan örin olgan.
Yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga esa Yevropa davlatlarining aksariyati, jumladan Rossiya, şuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQŞ, Kanada, Yaqin Şarqning ayrim davlatlari hamda Markaziy va Janubiy Amerikaning Panama, Çili va Urugvay kabi mamlakatlari kiritilgan.
Dunyoning yirik iqtisodiyotlaridan bölgan Xitoy va Braziliya örtadan yuqori daromadli davlatlar toifasiga kiritilgan bölsa, aholi soni böyiça dunyoda birinçi örinda turuvçi Hindiston örtadan past daromadli mamlakatlar guruhida qolgan.
Yangilangan reytingda bir qator davlatlar öz maqomini yaxşiladi. Xususan, Iordaniya, Mikroneziya, Filippin, Şri-Lanka va Vetnam örtadan past daromadli mamlakatlar toifasidan örtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga ötdi.
Togo esa past daromadli mamlakatlar guruhidan çiqib, örtadan past daromadli davlatlar qatoriga qöşildi.
Jahon banki dunyo mamlakatlarining yangi daromad reytingini e’lon qildi
09:13 / 25.07.20263 9922 min
Jahon banki yalpi milliy daromad (GNI) körsatkiçlari asosida dunyo mamlakatlarini tört toifaga ajratdi. Yangilangan tasnifda davlatlar past, örtadan past, örtadan yuqori va yuqori daromadli guruhlarga bölingan.












