2026 yilning birinçi çoragi yakunlariga köra Özbekiston aholisining umumiy daromadlari 263,2 trillion sömga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi hisobotida keltirib ötilgan.

Yanvar-mart oylarida aholi daromadlarining nominal körinişdagi ösişi 15,5 foizni, real ösiş sur’ati esa 7,8 foizni taşkil etdi. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç mos ravişda 20,9 va 9,8 foiz bölgandi.

Aholi jon boşiga umumiy daromadlar esa nominal qiymatda 13,5 foizga (2025 yilning mos davrida – 18,5 foiz), real körinişda 5,8 foizga (7,6 foiz) köpaydi. Natijada hisobot davrida aholi jon boşiga örtaça daromad 6,9 mln sömni (5,9 mln söm) taşkil etdi.

Hududlar kesimida daromadlarning eng yuqori ösişi Toşkent şahri (+10,3 foiz), Navoiy viloyati (+8,9 foiz) va Qoraqalpoğiston Respublikasida (+6,9 foiz) qayd etilgan. Poytaxt va 3 ta viloyatda (Navoiy, Buxoro, Toşkent) aholi jon boşiga umumiy daromadlar respublikadagi örtaça körsatkiçdan baland bölgan.

Bu boradagi eng quyi körsatkiçlar Namangan (4 mln 617 ming söm), Surxondaryo (4 mln 706 ming söm) va Qaşqadaryo (4 mln 896 ming söm) viloyatlarida qayd etilgan.

Hududlar kesimida daromadlarning ösişi

2018 yildan 2025 yilgaça – 7 yil içida Toşkent şahrida aholi jon boşiga umumiy daromadlar nominal hisobda 4,5 barobarga yoki 16,2 mln sömdan 73,9 mln sömgaça köpaygan. Bu davrda respublikaning boşqa heç bir hududida 4 barobar ösiş kuzatilmagan. Poytaxtdan keyingi eng yaxşi körsatkiç Farğona viloyatlarida qayd etilgan – 3,6 barobar. Eng kiçik ösiş Jizzax viloyatida kuzatilgan – 2,9 barobar. 2026 yilning birinçi çoragi yakunlariga köra, poytaxt va Namangandagi daromadlar farqi