Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi özi tahsil olgan 9-maktabda bölib, maktab kutubxonasiga öz şaxsiy kutubxonasidan kitoblar töplamini sovğa qildi.

Ötgan haftada davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev xayrli taşabbusni ilgari surib, boş vazirdan boşlab har bir rahbarni özi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovğa qilişga da'vat etgan edi.

Bu taşabbus ösib kelayotgan yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini, mehrini va intilişini oşiriş, kitobxonlikni ommaviylaştiriş, uluğ bobolarimizga munosib avlodni voyaga yetkazişda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Kitob insonni tarbiyalaydi, ulğaytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni şakllantiradi. Kitob öqib voyaga yetgan bola avvalo çuqur bilimga, keng dunyoqaraşga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega böladi.

Bundan oldin, prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov Şofirkondagi maktabga kitoblar sovğa qilgandi.