Özbekiston milliy olimpiya jamoasi Toşkentda ötgan Osiyo çempionati U-23 saralaşining «F» guruhi musobaqasida birinçi örinni qölga kiritib, kelasi yil Tailandda ötadigan qit'a birinçiligiga yöllanmani qölga kiritdi.
Lyubinko Druloviç qöl ostidagi jamoa «Paxtakor» stadionida Usmon Toşev murabbiyligidagi Tojikiston olimpiyaçilariga qarşi maydonga tuşib, golsiz durangga rozi böldi. Natijada jamoalarning guruhdagi uçinçi iştirokçi – Hindiston bilan öyinlari natijasi uçlik ğolibiga aniqlik kiritdi.
Hindlar dastlab Özbekistonga 0:3, söng Tojikistonga 0:2 hisobida mağlub bölişgandi. Şu tufayli ijobiy töplar nisbatiga ega mezbonlar birinçi örin bilan Tailand-2020 yöllanmasiga ega çiqişdi.
2-örin sohibi Tojikiston ham qit'a çempionatiga çiqiş imkonini saqlab qoldi. Saralaşning 11ta guruhida eng yaxşi körsatkiçga ega 4ta jamoa ham final bosqiçida iştirok etadi.
Osiyo çempionati 2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailandning Bangkok va Patum Tani şaharlarida bölib ötadi. Unda dastlabki uçta örinni egallagan jamoalar Tokio Olimpiadasida iştirok etiş huquqiga ega bölişadi.
Osiyo çempionati U-23 saralaşi
«F» guruhi. Toşkent. «Paxtakor» stadioni
Özbekiston U-23 – Tojikiston U-23 0:0
Boş hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya).
Özbekiston: 1.Umidjon Ergaşev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Oston Örunov, 8.Islom Kenjaboyev (23.Oybek Bozorov), 9.Jasurbek Yaxşiboyev, 11.Mirjahon Mirahmadov (10.Bobir Abdixoliqov, 55), 15.Oybek Rustamov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Ğofurov.












