Ertaga, 22 yanvar kuni Özbekiston U23 jamoasi Osiyo çempionati yarimfinalida Saudiyaga qarşi öynaydi. Bugun Lyubinko Druloviç jamoasi yarimfinal oldidan yakuniy maşğulotni ötkazdi.

«Alpine» sport majmuasida ötgan maşğulot biroz keçroq boşlandi. Sabab Bangkok köçalaridagi doimiy tirbandlik. Tailand poytaxtida tirbandlik haddan taşqari köp bölgani sabab buni bartaraf etiş uçun maxsus xodimlar ham biriktirilgan. Şunday bölsa-da, Bangkok köçalarida maşinada «qanot yozib» yura olmaysiz.

Odatda keçqurun maşğulotni ötkazadigan jamoa bejizga bu gal mahalliy vaqt bilan 17:00 ni tanlamagan deb öyladik. Çunki ertaga jamoa aynan şu vaqtda maydonga tuşadi. Futbolçilar maşğulotlarni kötarinki ruhda ötkazişdi desak böladi. Faqat Bobur Abduxoliqov maşğulot davomida diskomfort his qildi va biroz vaqt çetda ötirdi. Balki u OAV uçun oçiq bölgan 15 daqiqalikdan söng yana maşğulotga qaytgandir, çunki murabbiylarning reaksiyasiga qaraganda, vaziyat jiddiy emasligi körindi.

Maşğulot davomida bir narsa e'tiborni tortdi. Qiziş maşğulotlari boşida futbolçilar ikkitadan bölib töpni bir-birlariga oşirib öynaşdi. Aziz Ğaniyevga esa jamoa boş murabbiyi Lyubinko Druloviç şerik böldi. Murabbiy öz şogirdi bilan bellaşgani köyi töpni tuşirmasdan u bilan öziga xos musobaqaga kirişdi. Aytiş joiz, Druloviç futbolçi sifatida yomon taassurot qoldirmadi.

Yana bir diqqatni tortgan narsa Abduvohid Ne'matovning oyoq bilan öyini böldi. Darvozabon xuddi Gvardiola yoqtiradigan posbonlar kabi töp bilan qörqmay muomala qila olişini körsatdi. Darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov ham hamon yaxşi formada ekanini futbolçilar bilan qiziş maşğulotlaridagi harakatlaridan kördik.

Bir söz bilan aytganda, maşğulotning OAV uçun oçiq bölgan qismi kötarinki kayfiyatda ötdi. Quyida maşğulot jarayonidan tayyorlangan fotogelereyani e'tiboringizga havola qilamiz.