AQŞ kosmik qömondonligi qömondoni örinbosari, general-leytenant Devid Tompsonning ma'lum qilişiça, Amerika raketalarga qarşi ogohlantiriş tizimlari Hindiston sun'iy yöldoşga qarşi raketa uçirganini qayd etgan. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Tompsonning tasdiqlaşiça, Hindiston raketasi möljalni aniq nişonga olgan. Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, AQŞ sinovlardan keyin paydo bölgan qoldiqlar bulutida taxminan 270ta obekt mavjudligini kuzatmoqda.

Bundan oldin, Hindiston Yer sun'iy yöldoşini urib tuşirgani xabar berilgandi.

Mamlakat boş vaziri Narendra Modining xalqqa murojaatda ma'lum qilişiça, Hindiston Yer yaqinidagi past orbitada joylaşgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tuşirib, sun'iy yöldoşlarga qarşi qurolga ega dunyodagi törtinçi davlatga aylangan.