Kanada Milliy sudyalar institutining sud tizimi masalalari böyiça boş mutaxassisi Adel Kent boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif davomida Adel Kent Sudyalar oliy maktabida ötkazilgan seminar doirasida Kun.uz muxbiriga zamonaviy sudyalar qanday bölişi kerakligi, ayol-sudyalar hamda onlayn-ta'limni joriy qilişda nimalarga e'tibor qaratiş kerakligiga doir intervyu berdi.
- Özbekistonda qator sohalarda onlayn-ta'lim joriy qilinmoqda, bu bizning mamlakat uçun öziga xos yangilik. Şunday ekan, onlayn-ta'limni joriy qilişda nimalarga e'tibor qaratiş kerak va ta'limning bunday şakli Kanadada qançalik samarali hisoblanadi?
- Bu juda qiziq savol, zero ayni damda biz Kanadada nisbatan murakkablaştirilgan ta'lim tizimiga ötiş bosqiçidamiz. Özbekistonda tizim qanday bilmadim-u, Kanadada biz aynan sud etikasi masalalariga oid podkastlardan foydalanişni tizimga kiritişni tavsiya qilamiz. Bu videokastlar va podkastlarni özimiz işlab çiqaramiz. Ular qisqa bölib, köp vaqt talab qilmaydi. Har qanday sudya tuşlik vaqtida işida tanaffus qilib, videoni körişi va ba'zi masalalarni tahlil qilişi mumkin.
- Sizning fikringizça, zamonaviy sudyalar qanday sifatlarga ega bölişi kerak?
- Şubhasiz, sudya qonun, huquq va yurisprudensiyani yaxşi bilişi kerak. Şu bilan birga, u ijtimoiy kontekst masalalaridan xabardor bölişi lozim, ya'ni sudya özining şaxsiy hayotiy yoki ijtimoiy tajribasiga ega bölişi mumkin, unga murojaat qiluvçi yoki sud jarayonida iştirok etuvçilarning ham öziga yaraşa hayotiy tajribasi böladi, sudya ana şunday omillarni hisobga olişi kerak. Bundan taşqari, sudya odamlar bilan muloqot qiliş böyiça ekspert bölişi muhim, u muloqot könikmasini yaxşi özlaştirişi darkor.
- Kanadada ayol sudyalarning örni va ularning bu kasbga bölgan munosabati qanday?
- Sönggi vaqtlarda Kanadada ayol sudyalar sonining oşib borayotgani kuzatilmoqda. Aniq statistikani keltira olmayman-ku, lekin 50 foiz körsatkiçga yetişni maqsad qilganmiz va bunga yaqinlaşyapmiz. Şaxsan mening fikrimça, ayol kişi xuddi erkak kabi sudya bölişdan manfaatdor.
Ma'lumot uçun: Kanada Milliy sudyalar instituti (NJI) - Ottava şahrida joylaşgan. NJI - 1988 yilda asos solingan mustaqil, notijorat taşkilot, Kanada boş sudyasi raisligidagi boşqaruv. Taxminan 50 nafar xodim işlaydi. Budjeti - 9 million dollar atrofida. Tört departament - Ta'lim, Moliya, Operatsion va Xalqaro departamentga ega.
Lola Raxmanbayeva suhbatlaşdi












