Jami 39 nafar nomzod qatnaşgan Ukraina prezidentligi saylovlarining birinçi turida ovoz beriş jarayoni yakunlandi.
Teleboşlovçi Vladimir Zelenskiy va Ukrainaning amaldagi prezidenti Petro Poroşenko saylovlarning ikkinçi turiga ötişdi. Ovoz beriş yakunlangaç, Milliy ekzit-poll tomonidan e'lon qilinayotgan ekzit-pollar şundan darak bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Vladimir Zelenskiy dastlabki hisob-kitoblarga köra birinçi turda 30,4 foiz ovoz olgan, Petro Poroşenkoni saylovçilarning 17,8 foizi qöllab-quvvatlagan. Saylovlardagi yana bir favorit, «Batkivşçina» partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenko esa 14,2 foiz ovoz töplagan.

TSN tomonidan ötkazgan ekzit-pollga köra ovoz beriş jarayoni yakunlanişiga 2 soat vaqt qolganida, Zelenskiy uçun saylovçilarning 30,1 foizi ovoz bergan, Poroşenko — 18,5 foiz, Timoşenko — 14 foiz ovoz olgan.
SOCIS markazi ma'lumotiga köra esa, soat 19:00da (ovoz berişi yakunlanişiga bir soat vaqt qolganida), Zelenskiyga 29,25 foiz saylovçi, Poroşenkoga — 19,19 foiz, Timoşenkoga — 13,75 foiz saylovçi ovoz bergan.
Ukraina xalq deputati Mustafa Nayyem tasdiqlaşiça, prezidentlikka nomzodlar Vladimir Zelenskiy va Yuliya Timoşenko prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida birlaşiş böyiça muzokara ötkazganini ma'lum qildi.
«Kelib tuşgan ma'lumotlarga köra, Yuliya Timoşenko va Vladimir Zelenskiy ştablari prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida kuçlarni birlaştiriş böyiça muzokara ötkazmoqda. Versiyalardan biriga köra, «Batkivşçina» partiyasi rahbari Vladimir Zelenskiyni parlament koalitsiyasi tuziş töğrisidagi memorandum imzolaş evaziga qöllab-quvvatlaşga tayyor», deya yozgan u.
Ukraina Markaziy Saylov komissiyasi ovoz beriş yakunlarini 10 aprelga qadar e'lon qiladi. Ikkinçi tur 21 aprel kuniga belgilangan.













