Tez tibbiy yordam sifati mamlakatda soğliqni saqlaş tizimi qay darajada yölga qöyilganligini körsatuvçi asosiy omillardan hisoblanadi. Sohada mavjud muammolarni bartaraf etiş maqsadida «Şoşilinç tibbiy yordam tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident Farmoni ham mavjud.
Ammo jamiyatda tez tibbiy yordamdan şikoyatlar, norozilik holatlari yetarliça uçramoqda.
1-holat. «Toşkentga Qoraqalpoğistondan kelgan sinfdoşim qurilişda işlaş vaqtida holsizlanib yiqilganini aytib qoldi.Zudlik bilan «103»ga xabar qilişgan. Tez tibbiy yordam xodimi kelib, bemorni körib, uni şifoxonaga yotişi kerakligini aytgan. Olib ketinglar desa, «Yöq, biz olib ketolmaymiz, çunki sizning doimiy propiskangiz yöq» degan javobni berişgan».
2-holat. «Talabaman. Vaqtinçalik propiska asosida talabalar turar joyida yaşayman. Qorin sohasida oğriq va köngil aynişidan bezovta bölib, tez yordam çaqirgandim. Kelib, gripp deb taşxis qöyişdi, isitma tuşiruvçi ukol qilişdi. Bir soatlardan söng oğirlaşdim. Yana tez yordam. Aniq taşxis qöyolmadi. Olib keting, desam, «talabasiz, propiskangiz yöq-ku», deya javob berişdi. Kasalxonaga kira qilib bordim. Zaharlaniş ekan».
«Tez tibbiy yordam xizmatining asosiy vazifasi fuqaroning hayotiga xavf tuğdiradigan holatlarda birinçi tibbiy yordamni körsatişdir. Uşbu tibbiy yordam barça holatlarda – bemor Özbekiston fuqarosimi yoki çet ellik mehmonmi, qat'i nazar bepul körsatiladi.
Şuningdek, şaharga mehmon bölib kelganlar hamda turar joyda vaqtinçalik röyxatda turuvçilarga doimiy röyxatda turuvçi aholi bilan teng tartibda tibbiy yordam körsatilişi belgilangan. Propiska masalasi tez yordam körsatiş uçun tösiq böla olmaydi», — deydi Toşkent tez tibbiy yordam stansiyasi boş şifokori Davron Sultonov.
Boş şifokorning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, bemorga öz joyida yordam körsatilgaç, şifoxonaga olib boriş talab qilinadigan holatlar mavjud bölsa, Soğliqni saqlaş vazirligining 180-sonli buyruğiga asosan tez tibbiy yordam xodimi bemorni Toşkent şahrida joylaşgan şifoxonalarga olib borişi lozim. Faqatgina respublikaning turli hududlaridan poytaxtga kelib, qölida Toşkent şahrida joylaşgan tibbiyot muassasasida rejali yotib davolaniş uçun imtiyozli orderi bölgan bemorlar olib ketilmasligi belgilangan.
«Muayyan turar joyga ega bölmagan şaxslar (BOMJ) ham Özbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi, ular ham boşqalar bilan teng ravişda tez tibbiy yordamdan foydalaniş huquqiga ega», — deya ta'kidlaydi Davron Sultonov.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida ham «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega», deya qayd etilgan.
Tez tibbiy xizmat körsatişda propiska bilan boğliq masalalarning rökaç qilinişi qonunbuzarlik hisoblanadi.












