Kun.uz tahririyatiga navbatdagi murojaat qiziq mavzuda yöllangan edi. Bu murojaat na bir dolzarb muammoga va na xayriyaga öxşardi.

Murojaat mazmuni yoş oilada tuğilgan 3 egizak haqida edi. Keyingi vaqtlarda OAVda respublikamizning köplab mintaqalarida tuğilgan 3 egizaklar haqida tez-tez xabarlar berilmoqda. Kimgadir «Spark» berilsa, yana biri boşqaça izzatda. Quvalik bu oilaga esa moddiy yordam puli ham yöq ekan..

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«2018 yil 19 oktyabrda 3 egizak farzandli böldik. Ismlarini Iqboljon, Islomjon va Imronjon deb qöydik. Parvariş qilişning öziga yaraşa maşaqqati ham bölar ekan. Bir oylik bölişgandan söng, sun'iy ovqatlanişga ötişga majbur böldik. Kuniga 10taga yaqin taglik (pampers) işlatamiz. Ikkinçi farzandim injiqroq, beşikka yotmaydi. Yuragida nuqsoni bor. Hozir poroşogi bor. Şuni içadi. Bahordan apparatga tuşiriş kerak ekan. Bir marta apparatga tuşiriş ham 200 ming söm pul böladi. Yordam sörab kördik. Mahalla fuqarolar yiğinidan xabar olgani heç kim kelmadi. Bolalar pulidan yordam qilaylik deyişmadi. Özimiz kutdik. Mezonga tuşmayapsizlar deyişdi. Xalq qabulxonasiga ham bordik. Foydasi bölmadi. Xöjayinim oddiy işçi, mebel sexida işlaydi. U kişi ham qiynalib ketdi. Keçqurunlari ham işlab kelyapti. Suyunçi puli yaqinda çiqdi. Bolalarim 4 oylik bölişdi. Şunça harakat qildik. Hokimiyatga ham bordik. Hokim bilan uçraşişga qöyişmadi», deydi 3 çaqaloqning onasi Odinaxon Jumayeva.

Odinaxon Jumayeva

Mahalla mas'ul kotibi Ikromjon Mannopjonovdan vaziyatni oydinlaştirmoqçi böldik.

«Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarorining Nizomiga asosan iş olib borilgan. Bularda belgilangan mezonga mos emas, xonadonlarida «Matiz» rusumli avtomobil bor. Bu moddiy boylikka kiradi. Yordam qilmoqçi böldik. Lekin, ularning daromadlari belgilangan miqdordan oşib ketdi. Heç qayerda işlamaganlarga eng kam oylik iş haqining ikki barobari miqdorida oylik belgilanadi. Bu miqdorda belgilangan mezondan oşib ketib baholanadi va nafaqa rad etiladi», deydi mas'ul kotib.

Mahalla mas'ul kotibi Ikromjon Mannopjonov

Qiziq holat. Biror joyda işlasangiz, yöq deganda 1 million söm miqdorda oylik olasiz – bu mezondan yuqori degani. Xöp, buni tuşunamiz. Bu holda bolalarga moddiy yordam beriş rad etiladi. Agar heç qayerda işlamasangiz, unda sizning daromadingiz eng kam oylik iş haqining ikki barobarida hisoblanadi. Bu ham mezondan baland deb olinar ekan.

Xöş, öz-özidan bir savol tuğiladi. Unda kim oladi bu pulni? Işlasang, işlaşing peş qilinsa, işlamasang bunday hisob-kitob. Qonunçilikda bu masalaga bir tanqidiy yondaşib çiqilsa foydadan xoli bölmas edi. Natijada şunday oilalarga oz bölsa ham madad bölarmidi?

Muxbir - Bahodir Ahmedov
Tasvirçi - Muhammadjon Ğaniyev