Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumni hisoblaş va soliqlar tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, 2019 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq soliş kalendar yilida tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşum miqdoriga boğliq:

• 100 mln sömdan oşmaganda – qat'iy belgilangan soliq tölanadi;
• 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömdan oşmaganda – 4% stavkada YaST tölanadi;
• 1 mlrd sömdan oşganda – yuridik şaxslar uçun nazarda tutilgan umumbelgilangan soliqlar tölanadi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorning 8-bandi).
 
2019 yil 1 yanvardan kuçga kirgan Soliq kodeksidagi özgartirişlarga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan tuşum miqdori oşgan oydan keyingi oydan boşlab soliq soliş tartibi özgaradi.
 
Biroq soliq solişning yangi tartibida noaniq jihatlar talaygina. Şu sababli amaliyotda yuzaga kelgan ayrim muhim savollarga javob beradigan hujjat qabul qilindi.
 
Tuşum miqdori qanday hisoblanadi
 
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tuşumi ustidan soliq nazoratini ta'minlaş muşkul. Şu sababli DSQ Moliya vazirligi va SSP bilan kelişuvga köra yakka tartibdagi tadbirkorni YaST tölaşga ötkaziş uçun tuşum miqdorining quyidagi belgilari asos bölib xizmat qilişi mumkinligi haqida qaror qabul qildi: 
 
• yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etiladigan soliq hisoboti;
• xizmat körsatuvçi banklardagi hisobvaraqlarida 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömgaça tovar aylanmasini amalga oşirganligi töğrisidagi bank ma'lumotlari;
• kameral nazorat natijasida yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan qiymati 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömgaça bölgan tovarlar sotib olinganligi;
• bojxona organlaridan olingan ma'lumotga köra summasi 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömgaça bölgan tovarlarni import qilganligi;
• belgilangan tartibda ötkazilgan xronometraj közdan keçiriş natijalari bilan tuşumi 100 mln sömdan oşgan, biroq 1 mlrd sömgaça ekanligi hisob-kitob qilingan holatda;