Özbekiston 2030 yilga qadar taxminan 25ta quyoş elektr stansiyasi qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekiston energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev ma'lum qildi.
Xöjayevning ««Tahlilnoma»» dasturiga bergan intervyusida ta'kidlaşiça, mamlakatda yaqin 10 yil içida taxminan 25ta quyoş stansiyasini quriş möljallanmoqda.
Uning ma'lumotlariga köra, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega birinçi quyoş elektr stansiyasi foydalanişga topşiriladi. Uning qayd etişiça, elektr stansiyaning quriliş işlari şu yil boşlanadi. Kutilişiça, stansiya ikki yil içida işga tuşiriladi.
Şerzod Xöjayevning bildirişiça, investorlar mazkur elektr stansiyani quriş böyiça tenderda iştirok etiş uçun 23ta ariza topşirgan.











