Elektr energiyasi yetkazib berişdagi muammolar tufayli Özbekiston iqtisodiyoti har yili 6 mlrd dollar yöqotmoqda. Bu haqda energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga tayangan holda xabar berdi.
Şerzod Xöjayevning eslatişiça, Özbekiston mart oyida mamlakatda elektr energetika sohasini yanada rivojlantiriş va isloh qiliş böyiça strategiyani qabul qildi.
Uning sözlariga köra, strategiyani amalga oşiriş iqtisodiyot tarmoqlariga talab etiluvçi elektr energiyasini işlab çiqariş va yetkazib beriş imkonini yaratadi.
Xöjayevning qöşimça qilişiça, uşbu hujjat qizğin yuklamalarni qoplaşga ham qaratilgan, ya'ni mustahkamlikning ma'lum bir zaxirasini nazarda tutadi. «Hozir, afsuski, bizda bunday zaxira yöq», - dedi u.
10 yil ötgaç, mamlakatda yuklamalarni qoplaş uçun qöşimça işlab çiqariş quvvatining kamida 20 foizi bölişi kerak.
Energetika vaziri örinbosarining ta'kidlaşiça, mamlakatda elektr ta'minotidagi uzilişlar keskin kamayadi. Uning qöşimça qilişiça, vazirlik ularni nolga tuşirişga harakat qiladi.












