Mançesterdagi «asal oyi» nihoyasiga yetdi, dekabrdan buyon umuman mağlubiyatga uçramay kelgan Sulşer oxirgi 4 öyinning 3tasida yutqazdi. Bu yaqinda 3 yillik şartnoma imzolagan murabbiydan köra, jamoa tarkibida muammolar borligini yana bir bor namoyon qildi. Öz-özidan yozda Mançesterni tark etişi kerak bölgan asosiy nomlar va yangi xaridlar haqida xabarlar paydo böldi. Bu ma'lumotlar miş-miş emas, VVS, Sky va Independent kabi yirik naşrlar tomonidan tarqatilayotganini e'tiborga olib, vaziyatga çuqurroq qaraşga urindik. Xöş, Mançesterning bu yozi qanday böladi?

KeTIŞI MUMKIN:

Xuan Mata va Ander Errera

2014 yilning yanvarida öşa paytda APL uçun rekord miqdor bölgan 37 million funt evaziga «Çelsi»dan sotib olingandi. Mata «Old Trafford»da törtinçi murabbiy bilan işlayapti, ammo ularning heç birida almaştirib bölmas futbolçi, jamoa yetakçisiga aylanmadi. Şu bilan birgalikda, barqaror ravişda foydali futbolçi böldi, kerakli paytda, ba'zi pallalarda muhim figuraga ham aylandi. 

Mataning Mançesterga kerak bölmay qolganini aytiş muşkul, ammo futbolçi şu oyda 31 yoşga töladi. Bu yoşdagi futbolçiga klub faqat qisqa muddatli şartnoma taklif qilişi mumkin, Mata esa, faoliyatidagi oxirgi yirik şartnoma uçun boşqa variantlar izlaşi mantiqan töğri. Ispaniyalik yarim himoyaçi 3-4 yillik şartnoma taklif qiladigan va bu davrda asosiy tarkibdan joy bera oladigan boşqa klublardan taklif kutişi mumkin. Zero, u yozda erkin agentga aylanadi. Xuanning sobiq klubi «Valensiya», Italiyaning «Inter» va hatto «Barselona» varianti ham tilga olinmoqda. Aniqki, kataloniyaliklar ham katta şartnoma taklif qilişmaydi, ammo Ispaniyaga qaytiş, bir qator sovrinlar yutiş, va albatta, Messi bilan birga öynaş taklifi har qanday futbolçini öylantirişi tabiiy.

Öz vaqtida Ander Errerani ham David Moyyes olib kelişi mumkin edi, ammo ba'zi tuşunmovçiliklar tufayli, bu transfer bir yilga keçikib, Ander Mançesterdagi debyutini Lui van Gaal qöl ostida qilgandi. Matadan bir yoş kiçik, lekin hamyurtiga berilgan ta'riflarning köpi unga ham tuşadi. Errera ayniqsa, maydonda bor kuç bilan harakat qilişi, «MYu»ga çin dildan muxlislik qilişi bilan ham fanatlarning sevimli futbolçisiga aylangan, 2016/17 yilda klubning eng yaxşi futbolçisi deb e'tirof etilgan.

Matadan farqli ravişda, Errera Sulşer qöl ostida asosiy futbolçilardan biriga aylandi, Pogba va Matiç bilan birgalikda yarim himoyadagi uçlikni taşkil qildi. Albatta, klub uni olib qolişga urinadi, ammo juda köp naşrlar unga «PSJ» tomonidan yaxşi şartnoma taklif qilinayotganini yozişmoqda. Parijliklar Errera bilan haftasiga 200 ming funt maoş nazarda tutilgan 4 yillik şartnoma tuzişga tayyorligi aytilmoqda. «MYu» esa taklif miqdorini 170 ming funtdan oşirmoqçi emas.

Bu yerda ham klubni tuşunsa böladi. Errera bugungi kunda foydali futbolçi, ammo uning asosiy ustunliklari, masalan öyinni boşqariş, zargarona paslar beriş emas, asosan jismoniy harakat talab qiladigan fazilatlardir. Tabiiyki, yildan yilga Erreraning foydalilik koeffitsiyenti tuşib boradi. Yuqori maoş bilan esa, uni sotiş qiyinlaşib ketadi. Şundoq ham, klub aynan şu borada yaxşi işlay olmagani uçun sönggi yillarda yaxşi pulga futbolçi sota olmayapti. Har yili jamoa öyiniga javob bera olmaydigan, ammo yuqori maoşi tufayli sotib yuborişni ham iloji bölmagan «ballast» yetarli bölmoqda.

Agar «PSJ»ning taklifi öz tasdiğini topsa yoki boşqa şu kabi takliflar kuzatilsa, «MYu»ga futbolçini olib qoliş oson bölmaydi. Bu masalada klub rahbariyatining jiddiy xatosi bor. Aynan bugun «PSJ»dan oşirib taklif beriş mantiqan notöğri ekani aniq, ammo Vudvord futbolçi bilan avvalroq, parijliklar taklif bilan çiqmasdan oldin kelişib qöyişi lozim edi. Jamoa uçun foydali bölgan futbolçining şartnoma muddati 3 oy qolgunça «jim yuriş» zamonaviy şartlarda eng yumşoq qilib aytganda, «soddalik»dir.   

Aleksis Sançis

Klubning balki sönggi ön yillikdagi eng omadsiz xaridlaridan biri. Oldingi «7»lar Anxel Di Mariya va Memfis Depay kabi transferlari ham «çakki» bölmagandi, ammo bu futbolçilar öziga yaraşa narxga sotilgan va transferning qaysidir qismi qoplangan. Angliyada eng katta maoş bilan şartnoma imzolagan Sançesni biror klubga sotiş ham u qadar oson bölmasligi turgan gap.

Ikkinçidan, aynan uning kelişi Mourino jamoasidagi muhitning buzilişida turtki bölgandi. Pogba bilan muammolar, Marsiyal yoki Şoudagi noroziliklar aynan Sançes uçun imkoniyat boşqalarga nisbatan köproq taqdim etilaverişi oqibatida yuzaga kelgan. Yangi şartnomalar böyiça bugungi oğir jarayonning ham sababçisi öşa transfer – David de Xea Sançesniki kabi maoş talab qilmoqda, Erreraga ham bu holat ta'sir qilgani şubhasiz.

Sulşer davrida ham Sançesga yetarliça imkoniyat berildi, ammo Reşford, Marsiyal va Lukaku bilan raqobatda katta farq bilan yutqazayotgan Aleksis buning ustiga jarohatlanib ham oldi. Yangi xaridlar, maoşlar muvozanati uçun Sançesning sotilişi juda muhimdir. Klub bu borada yon bosişi, balki aslidan arzonroq şartlarda ham uni qöyib yuborişga rozi bölişi mumkin. Bunday jarayonlarni juda yaxşi kuzatadigan «Yuventus» va «Bavariya» çililik futbolçiga befarq emasliklari haqida xabarlar ham paydo bölgan.

Erik Bayi

Joze Mourinoning Mançesterdagi ilk xaridlaridan biri. Dastlabki öyinlarda juda yaxşi taassurot qoldirib, himoya çiziğining yetakçisiga aylangan Bayi keyinçalik işonçni yöqotdi. Uning iqtidori, individual mahorati hali ham şubha ostiga olinmaydi, lekin ba'zida öziga xaddan taşqari işonib yuborişi, sovuqqonlikni saqlab olmasligi natijasida bir qator qöpol xatolarga yöl qöydi. Buning ustiga jarohatga moyil ham – uşbu mavsum Bayi öyinga töliq tayyor bölgan holatlar juda kam böldi. Bir yil keyin safga qöşilib, köp borada Bayidan ortda bölgan Viktor Lindelyof uşbu mavsumda har jihatdan ösdi va Mourinoning ham, Sulşerning ham dastlabki tanloviga aylandi.

Katta ehtimol bilan yozda yana bir markaziy himoyaçi sotib olinadi va u holda Bayi kamida Lindelof va Smollingdan keyin uçinçi variantga aylanib qoladi. Yoş va iqtidorli himoyaçini bu qoniqtirmasligi aniq. Klub uçun ham Bayining transferi foydaliroq bölişi mumkin.

2020 yilda Bayining şartnoma muddati öz nihoyasiga yetadi. Yangi şartnoma yoki eskisini uzaytiriş haqida xabarlar yöqligidan kelib çiqsak, bunday muzokaralar ham faol tarzda ötmayapti. Demak, klub yozda Bayini sotib yuborişga qarşi emas, mabodo buning iloji bölmasa, balki yangi şartnoma haqida yangi mavsumda öylab köriş mumkin böladi.

Matteo Darmian

2015 yilda Lui van Gaal tomonidan 12 million funt evaziga olib kelingan. Italiyalik qanot himoyaçisi yomon boşlamagandi, lekin keyinçalik asosiy tarkibdan çetda qoldi. Taktik jihatdan italiyalik himoyaçilarga xos ravişda juda yaxşi şakllangan bölişiga qaramay, aynan APL uçun jismoniy tarafdan muammolarga duç keldi. Ayniqsa, yakkakuraşlarda va töp nazorat qilişda tempga doş berolmadi.

Zaxira variant sifatida foydali, maoşi ham katta emasligini e'tiborga olsak, qolişi mumkin. Ammo yozda erkin agentga aylanadigan Matteoda «MYu»dan köra qiziqroq, muhimi, maydonga köproq tuşiladigan variantlar bor. Angliyada işonçli körinmagan bölsa-da, u Italiyaning har qanday jamoasida öynay oladi, buni terma jamoadagi öyinlari orqali ham körganmiz.

Xabarlarda yozilişiça, «Inter» unga şartnoma taklif qilmoqda, şuningdek, ikki yildan beri «Yuventus» ham Matteoni öz safida körişni istayotgani yangilik emas. Katta ehtimol bilan Darmian yozda Italiyaga qaytib ketişi mumkin.

Antonio Valensiya

Bu ruyxatda Aleks Fergyuson davrida olib kelingan yagona futbolçi. Valensiya 2009 yilda, Ronalduning örnini bosiş uçun olib kelingan va hatto unga «7» raqam berilgandi. Antonio bu bosimni kötara olmadi va öz istagi bilan bu raqamdan voz keçgandi ham.  

Umuman olganda, undan «yangi Ronaldu» çiqmagan bölsa-da, qariyb ön yil barqaror va foydali töp surdi, sönggi yillarda jamoa sardoriga aylandi. Ammo uşbu mavsumda Antonioda ham muammolar yuzaga keldi – avvaliga kiçik jarohatlar, Mourino bilan tuşunarsiz munosabatlar, instagram bilan boğliq voqealar, davomidan yana jarohat. Xullas, Valensiya bu mavsumda APLda atigi 5 öyinda maydonga tuşdi. Oxirgi va Sulşer qöl ostidagi yagona öyin – 3 yanvardagi «Nyukasl»ga qarşi uçraşuv.

Valensiya hozirda maşğulotlarga qaytgani aytilmoqda va balki, Eşli Yangning qizil kartoçkasidan keyin, navbatdagi turda uni körişimiz ham mumkin. Lekin Valensiyaning jamoani tark etişi aniq. Futbolçiga APLda ham jiddiy qiziqişlar bölişi turgan gap, masalan, «Arsenal» va «Vest Hem» variantlari köproq tilga olinmoqda.

KeLIŞI MUMKIN

JYeYDON SANÇO («Borussiya D»)

19 martda 19 yoşga tölgan ingliz futbolçisi Londonda tavallud topgan. «Uotford» va «Mançester Siti» tarbiyalanuvçisi bölgan hujumçini «Borussiya» 2017 yilning yozida, «Barselona»ga sotilgan Usmon Dembele transferidan tuşgan mablağning öndan birini sarflab sotib oladi. Bir yil ötib esa, Sanço nafaqat Germaniyaning, balki Yevropaning eng yaxşi yoş futbolçilaridan biriga aylandi, jamoasining 21 golida (9 gol, 13 pas) bevosita iştirok etdi.

Yozda futbolçi bilan qiziqadiganlar köp böladi, lekin talabgorlar içida favorit sifatida «Mançester Yunayted» nomi tilga olinmoqda. Futbolçining özi Angliyaga qaytmoqçi, ingliz top-klublari içida esa, Sançoning transfer narxini «feyr pley» doirasida tölay oladigan va futbolçiga asosiy tarkibdan kafolat bera oladigan klub «MYu»dir.

Jyeydon asosan öng qanotda harakat qiladi. «MYu»da esa, aynan mana şu pozitsiya bir neça yildan beri oğriqli sanaladi. Marsiyal – Reşford – Sanço uçligini oldingi çiziqda köriş Sulşerning asosiy istaklaridan biri ekani aytilmoqda. Sançoning narxi taxminan 80-90 million funt deb baholanmoqda.

AARON UAN-BISSAKA («Kristal Pelas»)

Asl kelib çiqişi kongolik bölgan va uşbu mamlakat ösmirlari tarkibida maydonga ham tuşgan öng qanot himoyaçisi keyinçalik Angliya yoşlar terma jamoasidan taklif oldi. 22 yoşli futbolçi ayniqsa, uşbu mavsumda «Kristal Pelas» tarkibida yorqin öyin körsatmoqda. U avgust-oktabr oylarida qatorasiga uç oy jamoaning eng yaxşi öyinçisi deb ham e'tirof etildi.

Bissaka taxminan 30-40 million funt evaziga Antonio Valensiya va Eşli Yangga asosiy örinbosar böla olişi mumkin. U va Diyegu Dalot kelajakda «MYu»ning öng qanotini taşkil qilişi kutilmoqda.

KALIDU KULIBALI («Napoli»)

Agar Mourino iste'foga çiqarilmaganda, balki yanvardayoq uşbu futbolçi Mançesterga kelişi mumkin edi. 27 yoşli senegallik futbolçi haqida ötgan yilning yozidan gapirila boşlagan, ammo neapolliklar qöygan katta narx «MYu»ni töxtatgandi. Öşa narx, ya'ni taxminan 100 million yevro, hali ham özgargani yöq, ammo mançesterliklarning vaziyatga bölgan munosabati özgargani tabiiy. Jamoa himoya markazida yaqqol muammolarga duç kelmoqda va ayniqsa, tajribali top-himoyaçining jamoa öyiniga qay tariqa ta'sir qilişi mumknnligi Virjiyl van Deyk tranferida ham körindi. «Liverpul» uni qariyb 90 million yevroga sotib olganida, köpçilik hayron qolgan, ammo hozirda heç kim öşa rekord narxni eslamayapti ham. 

Kulibali «Napoli»da sönggi mavsumini ötkazayotgani ham, uning ingliz futboliga moslaşib ketişi ham haqiqatga yaqinroq, faqat yagona tösiq uning transfer narxi «MYu»ning boşqa variantlarga murojaat qilişiga sabab bölmaydimi? Masalan, Sulşer köproq Rafael Varanga qiziqmoqda, lekin katta ehtimol bilan Zinedin Zidan fransiyalik himoyaçini olib qolişning uddasidan çiqsa kerak. «Real» bilan barça sovrinlarni yutgan Varanning boşqa sarguzaşt istab qolişigina «MYu»ga imkoniyat qoldirişi mumkin.

DeKLAN RAYS («Vest Hem»)

Erreraning ketişi mumkinligi, Fredning hali ham jamoa öyiniga moslaşib ketmagani, Matiçning yoş emasligi «MYu»ga tayanç yarim himoyaçi izlaş ehtiyojini ham yaratişi turgan gap. 15 yoşigaça «Çelsi»da tarbiyalangan, keyin esa «Vest Hem» akademiyasiga ötib, 2 yildan beri uşbu jamoa safida töp surib kelayotgan Deklan foydali xarid bölişi mumkin.

Arzonroq, ingliz futboli sinovidan ötgan, zaxirada qolib, kerakli paytda Matiç yoki MakTomminini almaştirişga tayyor bölgan 20 yoşli futbolçining xarididan minuslarni topiş muşkul. Haqiqiy tayanç yarimhimoya futbolçisi va şu bilan birga, maydonni yaxşi köra oliş qobiliyati tufayli himoya va yarim himoya örtasida boğlovçilik qila oladi. «Vest Hem» boş murabbiyi Manuel Pellegrini uni Xaver Maskeranoga qiyoslab, ayni paytda Angliya terma jamoasi uçun eng yaxşi tayyor tayanç yarim himoyaçisi ekanini aytdi.

Kelib çiqişi irlandiyalik bölib, 2019 yili Angliya terma jamoasiga çaqirilgunça barça yoşdagi Irlandiya terma jamoalarida töp surgan Rays balkim Mançesterning yangi Roy Kini bölişi mumkin.

...VA BOŞQALAR

Bu nomlardan taşqari ham, ismi «MYu» bilan boğlanayotgan bir qator futbolçilar bor. Masalan, «Barselona»ga moslaşa olmayotgan Filipe Koutino agar sotiladigan bölsa, unga asosiy talabgor sifatida «MYu» nomi tilga olinmoqda. Şuningdek, «Çelsi»ning yoş iqtidori Kallum Hadson-Odoi ham jamoadagi noaniqlik tufayli yangi şartnoma tuzişga şoşilmayapti. Bu holat ham «Mançester Yunayted» kuzatuvida. «Atletiko»ning 25 yoşli yarim himoyaçisi Saul Nuges ham ikki Mançester klubining qiziqiş doirasiga kirib qolgan.

Ketadiganlar orasida, yana Markus Roho, Fil Jons, Eşli Yang kabi futbolçilarning ham, mos takliflar çiqqanda jamoani tark etiş ehtimoli mavjud. Bu nomlarning barçasi Sulşer qöl ostida asosiy futbolçi bölmasligi haqiqatga yaqinroq. Yozda amalga oşirilişi kerak bölgan yana bir asosiy vazifa – David de Xea masalasiga oydinlik kiritişdir. Darvozabonning şartnomasi 2020 yilda nihoyasiga yetadi. Bir yildan keyin Davidning tekinga ketib qolmasligi uçun yangi kelişuvga erişilişi şart. Bir tomondan De Xeaning ispan döstlari Mançesterni tark etişga yaqinligi uning qaroriga salbiy ta'sir qilsa, balkim klubning transfer siyosati va yozdagi ambitsiyalar De Xeani yangi şartnomaga undaşi mumkin.

Albatta, uçinçi tomonning ham pozitsiyasi muhim – darvozabon uçun asosiy talabgor bölgan «Real»ning qiziqişi qay darajada böladi? Kurtua, Navas kabi top-darvozabonlar, şuningdek, öz öğli misolida nomzodlarga ega bölgan Zidan bu safar De Xeani qattiq xohlamasligi mumkin.

Q.Aslanov