Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Soliq soliş obektlari va soliq soliş bilan boğliq obektlar töğrisidagi axborotni aniqlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, tadbir davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniq grafik asosida barça soliq tölovçilarda (tuman, şahar, mahalla, köça kesimida) har yili, lekin bir soliq tölovçida yiliga köpi bilan bir marta ötkaziladi.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslari tomonidan soliq tölovçilardan tadbir jarayoniga aloqasi bölmagan hujjatlarni talab qilişga, ularning faoliyatiga tösqinlik qilişga yoxud ularning moliya-xöjalik faoliyatiga boşqaça tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi.
Tadbir ötkaziş töğrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbarning örinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Buyruqda, tadbir ötkaziladigan joy (şahar, tuman, mahalla, qişloq, daha, mavze, köça va h.k.) va muddati, şuningdek, tadbirda iştirok etuvçi davlat soliq xizmati organi mansabdor şaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi körsatiladi.
Davlat soliq xizmati organlari tadbirda iştirok etiş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar va boşqa davlat idoralaridan vakillarni jalb etişi mumkin.
Bunda, davlat ahamiyatiga ega bölgan maxfiy obektlarda tadbir ötkaziş uçun tegişli organlardan ruxsat olinişi lozim.
Tadbir samaradorligini oşiriş maqsadida davlat soliq xizmati organlari tadbir ötkaziş töğrisida oldindan soliq tölovçini xabardor etişi mumkin.
Tadbir ötkaziş jarayonida soliq tölovçilar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
a) soliq tölovçining huquqlari:
davlat soliq xizmati organining soliq tölovçida tadbir ötkaziş töğrisidagi buyruği bilan tanişiş;
tadbir ötkaziş ma'lumotnomasi bilan tanişiş va natijasi böyiça ma'lumotlardan nusxa oliş;
tadbir ötkazişni amalga oşirayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor şaxslarining mazkur nizom doirasidan taşqari talablarini bajarmaslik;
soliq soliş obektini hisobga olişda, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni hisoblab çiqariş hamda tölaşda özlari yöl qöygan xatolarni mustaqil ravişda tuzatiş;
tadbir ötkazişni amalga oşirayotgan davlat soliq xizmati organlari mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda şikoyat qiliş;
tadbirga özining vakillarini taklif etiş.
b) soliq tölovçining majburiyatlari:
davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslari tomonidan söralgan, tadbir ötkaziş bilan boğliq bölgan hujjat va ma'lumotlarni taqdim etiş;
davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslarini soliq tölovçida tadbir ötkaziş uçun öziga tegişli savdo va işlab çiqariş obektlariga, omborxonalariga, boşqa bino va inşootlarga, şu jumladan daromadlar oliş uçun foydalanilayotgan yoki soliqqa tortiş obektlarini saqlaş bilan boğliq joylariga kiritiş;
davlat soliq xizmati organi mansabdor şaxslarining tadbir ötkaziş bilan boğliq qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilmaslik.
Soliq tölovçilar qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquq va majburiyatlarga ham ega bölişlari mumkin.
Tadbir ötkaziş jarayonida davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
a) davlat soliq xizmati organi mansabdor şaxslarining huquqlari:
tadbir ötkaziş jarayonida soliq tölovçining soliq soliş obektlari va soliq soliş bilan boğliq obektlarining barça hujjatlarini közdan keçiriş va zarur hollarda tegişli hujjatlardan nusxalar oliş;
soliq tölovçiga tegişli savdo va işlab çiqariş obektlarini, omborxonalarini, boşqa bino va inşootlarni, şu jumladan daromadlar oliş uçun foydalanilayotgan yoki soliq soliş obektlarini saqlaş bilan boğliq joylarni, soliq soliş bilan boğliq obektlarni hamda ularning hujjatlarini közdan keçiriş, zarur hollarda uşbu obektlarni foto va video tasvirga oliş;
mutaxassislar, ekspertlar va tarjimonlarni tadbir jarayoniga jalb etiş va ulardan xulosa oliş;
tadbir ötkazilayotgan soliq tölovçining xodimlari röyxatini bevosita xodim bilan sörov ötkaziş asosida şakllantirib, ularning soniga (yollanma xodimlariga) aniqlik kiritiş;
tadbir ötkazilayotgan obektda ijarada turgan boşqa soliq tölovçilar bilan tuzilgan ijara şartnomalarini közdan keçiriş va nusxa oliş;
tadbirkorlarning amaldagi faoliyat turlarini davlat röyxatidan ötganlik töğrisidagi guvohnomasidagi faoliyat turiga muvofiqligini közdan keçiriş;
nazorat kassa maşinasi hamda tölov terminali sub'yektning öziga tegişli ekanligini hamda soz holatda ekanini közdan keçiriş;
soliq tölovçida ötkazilgan tadbir jarayonida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş töğrisida ogohlantiriş xati beriş;
soliq tölovçi tomonidan tadbir ötkazişga tösqinlik qilinganda yoki söralgan hujjatlarni taqdim etiş rad etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organida mavjud ma'lumotlar asosida xulosa tayyorlab, töplangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriş va ma'lumotlarni Davlat soliq qömitasining “xavfni tahlil etiş” tizimiga kiritiş.
b) davlat soliq xizmati organi mansabdor şaxslarining majburiyatlari:
soliq tölovçini davlat soliq xizmati organining tadbir ötkaziş tayinlanganligi töğrisidagi buyruği bilan taniştiriş hamda özining xizmat guvohnomasini körsatiş;
ötkazilgan tadbir natijalari bilan soliq tölovçini taniştiriş, ma'lumotnoma rasmiylaştiriş va nusxasini soliq tölovçi yoki uning vakiliga topşiriş;
soliq tölovçi va uning faoliyatiga aloqador axborotlarni boşqa şaxslarga oşkor etmaslik.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor şaxslari qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquq va majburiyatlarga ham ega bölişlari mumkin.












