Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi notariuslardan biri yonida qiziq voqea sodir böldi. Çilonzor tumani 20 kvartalda yaşovçi Dilorom Yöldoşeva öz oila a'zolari bilan özlariga tegişli xonadonni avvaldan kelişuv asosida bir xaridorga sotgan. Oldi-sotdi şartnomasini tuziş oldidan, notarius binosidan taşqarida kelişilgan mablağ – 30 ming AQŞ dollarini sanab oladi va köylagi içiga yaşirib qöyadi.
U xaridor bilan birgalikda notariusga kiradi va tomonlar şartnomani imzolaşadi, şundan söng ikki tomon ham öz yölidan ketadi. Ammo sotuvçi D. Yöldoşeva notariusdan taxminan 100 metr uzoqlaşganidan söng, poytaxtning 103-umumta'lim maktabi yoniga yetganida pulidan xavotirlanib qayta olib köradi va 10 ming dollar kamligini anglab yetadi. Özi va ikki qizi bilan birgalikda yon atrofni izlaydi, notarius binosiga, xonalar içigaça qidirişadi. Notarius yordamçilari, köngillilar, oila a'zolari, umuman juda köpçilik pulni qidirişga tuşişadi.

Ammo pul topilmaydi.
Örtahol, özlari yaşab turgan xonadonlarini sotgan oila uçun bu juda katta yöqotiş bölardi. Şunda «balki bolalar topib olgandir», degan fikrda 103-maktabga kirib, direktordan suriştirişadi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, maktab öquvçilaridan birining onasi yölda tuşib qolgan pulni topib olib, maktab direktoriga olib kirib bergan ekan.
Maktab direktori Leyla Saidmurotovaning aytişiça, pulni yöqotganlar suyunçi beriş istagini bildirişgan, ammo insofli ona nafaqat suyunçi olmagan, balki şaxsini oşkor qilişlariga ham qarşi bölgan.
Pulidan deyarli umidini uzib bölgan Dilorom Yöldoşeva va bu voqeaga guvoh bölganlar şunday insofli insonlar borligidan hayratga tuşib duo qilib qolişgan.











