AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Eronning «Islom inqilobi soqçilari korpusi» nufuzli harbiy-siyosiy tuzilmasini terroristik taşkilot sifatida tan olişni möljallamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.

Ta'kidlanişiça, Vaşington bu qaror haqida 8 aprel, duşanba kuni e'lon qilişi mumkin. Uşbu qadam Amerika tomonining Tehronga nisbatan bosimini yanada oşiradi. Biroq, uşbu masala böyiça ma'muriyat vakillarining pozitsiyasi ikkiga bölingan.

Qayd etilişiça, ilk marotaba «xorijiy davlatning elementi» terroristik tuzilma deb rasman tan olinişi mumkin.

Bundan oldin, AQŞ Eronga qarşi sanksiyalarni kuçaytirmoqçi ekani xabar qilingandi.

Qöşma Ştatlar Eronga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etişni rejalaştirmoqda, ular avval çeklov çoralari bilan qamrab olinmagan iqtisodiyot sektorlariga zarba beradi.