Özbekistonda nogironligi bölgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslaşuvini ta'minlaş, ularning hayot keçiriş sifatini yaxşilaş maqsadida 2019 yilning I çoragida 980 nafar imkoniyati çeklangan xotin-qizlarga amaliy yordam körsatildi. 

Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmatidan olingan xabarga köra, ular nogironlik aravaçalari, tibbiy protez-ortopedik va eşitiş moslamalari, qöltiqtayoq, hassalar, yuriş moslamalari hamda dori vositalari bilan ta'minlandi.

Şuningdek, oğir turmuş şaroitida yaşayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxşilaş maqsadida statsionarlarda davolanişga, sihatgohlarga va şaxar hududidagi klinikalarda bepul davolaniş kurslarini oliş uçun orderlar topşirildi. 

Uşbu tadbirlar uçun Xotin-qizlar va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan 1 milliard sömdan ziyod mablağ ajratildi.