Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 462-son qarori bilan hukumatning 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga muvofiq, «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida davlat yordamining raqobatga taʼsirini baholaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi davlat yordamining raqobatga taʼsirini baholaş sohasida vakolatli organ hisoblanadi.

Belgilangan tartibga muvofiq, xöjalik yurituvçi subyektlarga har qanday turdagi davlat yordamini beriş nazarda tutilgan barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Raqobat qömitasiga baholaş uçun kiritiladi.

Şuningdek, ular bilan birga tartibga soliş taʼsirini baholaş (TSTB) hisoboti ham taqdim etiladi.

Davlat yordami qanday maqsadlarda berilişi mumkin?

Nizomda davlat yordamini beriş mumkin bölgan maqsadlar ham belgilangan.

Jumladan, davlat yordami respublika hududlari yoki alohida tarmoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş darajasini oşiriş, aholi bandligini taʼminlaş va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida berilişi mumkin.

Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş va respublikada ekologik holatni yaxşilaş kabi maqsadlar uçun ham davlat yordami körsatilişi mumkin.

Bunda vakolatli organ davlat yordamining bozordagi raqobat muhitiga taʼsirini baholaydi.

Loyihalar 10 iş kunida körib çiqiladi

Davlat yordamining raqobatga taʼsirini baholaş va tegişli xulosa oliş uçun kiritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi hamda TSTB hisoboti Raqobat qömitasi tomonidan 10 iş kuni içida körib çiqiladi.

Körib çiqiş natijasi böyiça vakolatli organ uç turdagi xulosadan birini rasmiylaştiradi.

Xususan, normativ-huquqiy hujjat loyihasi maqsadga muvofiq deb topilişi, uni qayta körib çiqiş zarurligi körsatilişi yoki loyiha maqsadga muvofiq emas deb baholanişi mumkin.

Tegişli xulosa rasmiylaştirilgandan söng normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqqan taşkilotga taqdim etiladi.