Saudiya Arabistoni Vaşington AQŞ sudiga OPeK davlatlariga qarşi antimonopol da'vo arizalari berişga imkon beruvçi qonun loyihasini qabul qilsa, neftni sotişda dollarda hisob-kitob qilişdan voz keçiş bilan tahdid qildi. Bu haqda “Reyter” axborot agentligi xabar berdi.
No Oil Producing and Exporting Cartels Act (NOPEC) kabi ma'lum bölgan qonun loyihasi hozirda AQŞ kongressida muhokama qilinmoqda. U qabul qilinsa, AQŞ sudlarida neft karteli davlatlari bilan narx borasida til biriktiriş böyiça sudlaşişga imkon beradi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bu qonun qabul qilinsa, neft bozorida aytib bölmas oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Manbalarning ma'lum qilişiça, dollardan voz keçiş varianti Saudiya Arabistonining yuqori lavozimli şaxslari tomonidan muhokama qilingan.
Ikkita manbaning qöşimça qilişiça, uşbu reja OPeK a'zolari bilan ham muhokama qilingan. Ar-Riyod bu rejalaridan AQŞ energetika vazirligi amaldorlarini ham xabardor qilgan.
Agar Ar-Riyod neftini dollarga sotişdan voz keçsa, bu AQŞ valutasining asosiy zaxira valuta sifatidagi mavqeiga putur yetkazadi, Vaşingtonning jahon savdosiga ta'sirini kamaytiradi va AQŞning boşqa davlatlarga sanksiyalar qöllaşini zaiflaştiradi. Biroq Saudiya Arabistoni bunday yöl tutişi dargumon, çunki NOPEC’ning qabul qilinişi imkoniyati oz.












