AQŞ içki xavfsizligi vaziri Kirsten Nilsen iste'foga ketdi, uning vazifasini Kevin Makalinan vaqtinçalik bajaradi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi. 

“Içki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen öz lavozimini tark etadi, unga xizmati uçun minnatdorlik bildirmoqçiman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

“Bojxona-çegara xizmatining amaldagi rahbari Kevin Makalinan içki xavfsizlik vaziri vazifasini bajarişini e'lon qilişdan xursandman. Işonçim komilki, Kevin a'lo darajada işlaydi”, deb qöşimça qilgan AQŞ prezidenti. 

Nilsen içki xavfsizlik vaziri lavozimini 2017 yil oxirida egallagan. Uning iste'foga çiqarilişi haqidagi gaplar ança vaqtdan beri yurgan. Matbuot Tramp Nilsenning noqonuniy migratsiyaga qarşi sa'y-harakatlaridan köngli tölmayotgani haqida bir neça marta yozgan.

OAV, şuningdek, Tramp Nilsen immigratsiya-bojxona politsiyasi rahbari lavozimiga Ronald Vitiyello nomzodini qöllab-quvvatlaganidan ham norozi bölganini yozgan. Tramp Vitiyello nomzodini senatda tasdiqlanişigaça qaytartirib olgan.