Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvçi idoralar va xöjalik boşqaruvi organlarini yanada ixçamlaştiriş va faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Hukumat tuzilmasiga kiruvçi idoralar va xöjalik boşqaruvi organlarini yanada ixçamlaştiriş va faoliyatini takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturiga köra, quyidagilarni nazarda tutuvçi yangi tahrirdagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi qonun loyihasi kiritiladi:

Hukumatning vakolatlarini, ularni amalga oşiriş mexanizmlarini aniq tartibga soliş va iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta'lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, ekologiya va boşqa sohalarda hamda joriy vaziyatni kompleks tahlil qiliş asosida taşqi iqtisodiy va taşqi siyosiy faoliyatda çuqur va tarkibiy qayta özgartirişlar amalga oşirilişi va yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolda ularni strategik rivojlantiriş modellari işlab çiqilişi uçun uning mas'uliyatini oşiriş;

Vazirlar Mahkamasi a'zolarining vakolatlarini va ularning javobgarligini belgilaş;

Hukumatning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiliş va harbiylaştirilgan tuzilmalar, nodavlat notijorat taşkilotlar va siyosiy partiyalar bilan özaro hamkorligi masalalari;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ötkaziş, ularning yakunlari böyiça qarorlar qabul qiliş reglamenti, şuningdek, majlislarni ötkaziş davomida körib çiqiladigan aniq masalalar röyxatini belgilaş.

Bunda Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Bajariş muddati - 2019 yil 1 iyun, mas'ul ijroçilar - Adliya vazirligi, tegişli vazirlik va idoralar.